Samsung ham, Razer va Xiaomi kabi, o‘yinbop smartfon chiqarmoqchi – bu Galaxy X bo‘ladimi?

  •   DiMaX
  •  1072
  •  24.07.2018 10:58

Samsung ham, Razer va Xiaomi kabi, o‘yinbop smartfon chiqarmoqchi – bu Galaxy X bo‘ladimi?

O‘yin ishqibozlariga mo‘ljallangan telefonlar ishlab chiqarish ham smartfonsozlar orasida urf bo‘ladigan ko‘rinadi. Bu tendensiyani o‘tgan yili Razer Rhone boshlab bergandi, keyin Xiaomi o‘zining Black Shark’ini taqdim etdi, so‘ng esa Nubia Red Magic dunyo yuzini ko‘rdi.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Internet-nashrlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Samsung ham geymerofon ustida ishlayapti. Bu gap tez-tez ishonchli ma’lumotlar berib turuvchi MMDDJ_ nikli xitoylik insayderdan chiqqan.

Afsuski, janubiy koreyalik yetakchi smartfonsoz tayyorlayotgan kuchli qurilmaning xususiyatlari hozircha noma’lum. Ammo insayder MMDDJ_ qo‘shimcha qilishicha, Samsung’ning buklama smartfoni Galaxy X deb nomlanmasligi aniq. Ehtimol, Samsung bu nomni aynan o‘yinbop smartfon uchun tanlagan bo‘lishi mumkin.

Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Samsung sir tutib kelayotgan ikki ekranli buklama smartfonning suratlari paydo bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!