Samsung tez orada Gear Icon X fitnes-garniturasining yangi avlodini namoyish qiladi

  •   DiMaX
  •  1050
  •  31.08.2017 10:57

Samsung tez orada Gear Icon X fitnes-garniturasining yangi avlodini namoyish qiladi

Joriy yilning 1–6 sentyabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2017 ko‘rgazmasida Samsung Electronics kompaniyasi Gear Icon X fitnes-garniturasining yangi avlodini taqdim etmoqchi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lumot chiqarilgan.

Gear Icon X (2018) garniturasi Bixby Voice ovozli yordamchisini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur quloqchin 4 gigabaytlik xotira bilan ta’minlangan. Unda musiqani Samsung smartfonidan yoki, kompyuterdan ko‘chirib o‘tkazib qo‘yib, yoki qo‘shiqlarni Bluetooth 4.2 orqali yuklab olib, onlayn va offlayn tarzda tinglash mumkin.


Gadjetning 82 mA/soat sig‘imli akkumulyatorlari musiqani striming rejimida 5 soatgacha, solo rejimida esa 7 soatgacha uzluksiz tinglashga imkon beradi. Gear Icon X g‘ilofi ham 340 mA/soat hajmga ega akkumulyator bilan ta’minlangan.

Devaysda akselerometr, infraqizil sensor hamda yaqinlashuv datchigi bo‘ladi. Gear IconX (2018) garniturasi uch xil – pushti, kul rang va qora rangli variantlarda chiqariladi. Uning narxi  229,99 yevro bo‘lishi aytilmoqda.


 Eslatib o‘tamiz, AirPods’ga raqobatchi sifatidagi Samsung «aqlli» quloqchini Galaxy Note 8 bilan birga taqdim etilishi taxmin qilinayotgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!