Samsung uchta Galaxy S10 versiyasida Android 9 Pie’ni sinab ko‘rdi

  •   DiMaX
  •  1396
  •  22.09.2018 11:13

Samsung uchta Galaxy S10 versiyasida Android 9 Pie’ni sinab ko‘rdi

Janubiy koreyalik texnogigantning keyingi avlod flagmanlari uchta modelda chiqarilishidan xabaringiz bor. Endi mana shu uchta versiyadagi Galaxy S10’larning indekslari va boshqa ayrim xususiyatlari ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Yangi Galaxy S10 lineykasida chiqadigan uchta smartfonning faqat bittasida uchta kamera bo‘ladi

Samsung kompaniyasi model raqamlari SM-G970F, SM-G975F va SM-G973F bo‘lgan ushbu uchta devaysida allaqachon XXU0ARI8 raqamli proshivkani sinovdan o‘tkazmoqda. Ushbu dasturiy ta’minot esa so‘nggi – Android 9.0 Pie talqinidagi operatsion tizimga asoslangan.

Mish-mishlarga qaraganda, «katta» modeldagi Samsung Galaxy S10 (SM-G975F) modeli birmuncha cho‘zilgan – 6.44 dyuymlik displeyga ega. Amaldagi flagmanlarning ekranlari tomonlari o‘zaro 18.5:9 nisbatda bo‘lsa, ayni mana shu bitta modelda bu ko‘rsatkich 19:9 ekani aytilmoqda. Shuningdek, uch modulli asosiy va qo‘sh datchikli old kamera ham shu SM-G975F raqamli modelga nasib etadi. AQSh va Janubiy Koreyada uning 5G modulli, qolgan o‘lkalarda esa – 4G LTE modulli varianti sotiladi.

O‘QING: 5G modulli Galaxy S10 ham chiqadi, ammo uni biz sotib ololmaymiz

Model raqamlari SM-G970F hamda SM-G973F bo‘lgan Galaxy S10 versiyalari esa diagonaliga 5.8 dyuymlik ekranga ega. Ulardan birining bosh kamerasi qo‘shaloq bo‘lsa, ikkinchisi – bittagina ob’yektivli oddiy kamera bo‘ladi.

Samsung Galaxy S10 flagmanlari kelasi yil fevralning so‘ngida boshlanadigan MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi. Ular jami besh xil rangdagi korpuslarda chiqarilishi aytilmoqda.

Mazkur kompaniyaning aksariyat modellardagi smartfonlari esa o‘zimizning internet-do‘konimizda ham rasmiy kafolati bilan savdoga qo‘yilgan. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)