Skype’da endi videochatlarni yozib olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  333
  •  05.09.2018 17:51

Skype’da endi videochatlarni yozib olishingiz mumkin!

Microsoft kompaniyasi Skype ilovasiga o‘ta muhim funksiya – videosuhbatlarni yozib olish imkoniyati joriy etilganini e’lon qildi. Bu – barcha messenjerlar foydalanuvchilari uzoq kutgan funksiyadir.

O‘QING: Messenjerlar foydalanuvchilari uzoq kutgan muhim funksiya birinchi bo‘lib Skype’ga joriy etildi!

Yangi imkoniyatlar deyarli barcha asosiy platformalar uchun ishlab chiqilgan Skype ilovalarining so‘nggi versiyalarida faollashtirilgan. Faqatgina Windows 10 operatsion tizimi uchun u yaqin haftalar ichida taqdim etiladi.

Videoqo‘ng‘iroqlarni yozib olish uchun, ekranning pastki qismidagi «+» belgisini bosish va «Yozishni boshlash», ya’ni «Nachat zapis» bandini tanlash lozim. Bunda narigi suhbatdosh ekrani ustida videochatni yozib olayotganingiz haqidagi ogohlantiruvchi yozuv chiqadi.

Ushbu jarayonda barcha ishtirokchilarning videosi yozib olinadi. Agarda ulardan birortasi ekranini namoyish etsa, u ham yoziladi.

Aytish kerakki, videosuhbat uni yozib olayotgan foydalanuvchining qurilmasida emas, balki «bulutli» saqlagichda saqlanadi. Videoqo‘ng‘iroq tugagach, uni yuklab olish havolasi chatga chiqadi. Uni 30 kun mobaynida saqlab olish mumkin bo‘ladi.

Videochatlarni yozib olish funksiyasidan tashqari, Skype’ning mazkur yangilanishida boshqa ko‘plab imkoniyatlar ham taqdim etilgan.

O‘QING: Telegram va Skype’da bepul PROMT tarjimoni ishga tushdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!