Sony Xperia XA3: romsiz arzon smartfon

  •   Saroy
  •  2328
  •  03.10.2018 14:03

Sony Xperia XA3: romsiz arzon smartfon

Sony arzon smartfonlar lineykasini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Endi bunday smartfonlarning yangi modeli Xperia XA3 bo‘ladi.  MySmartPrice sayti va @OnLeaks insayderi yangi smartfonning to‘liq tafsilotini oshkor qildi.

Smartfon  5,9-dyuymli tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan  displey bilan ta’minlanadi, formati  Full HD+ va romi kichkina. Barmoq izlari skanerini orqa panelga joylashtirishdan voz kechilgan, u to‘g‘ri o‘ng qirraga o‘rnatilgan.

O‘QING: Sony Xperia XZ3: flagmanning ilk tasviri bilan tanishing

Arzon  smartfonning kamerasi Xperia XZ3 flagmanidan farqli ularoq ikkitalik bo‘ladi. Hozircha Xperia XA3 ikkitalik kamerani aynan qanday qilib ishlatishi haqida xabar yo‘q.  Xperia XA3  o‘rta darajadagi Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi. Qurilmaning tezkor xotirasi  6 GB, ichki xotirasi esa 64 GB. Smartfon Android 9.0 Pie tizimiga asoslanadi. Anons sanasi va qurilma narxi hozircha aytilmayapti.

O‘QING:Sony Xperia XZ3 g‘ilofda namoyish qilindi: kamera haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi