SpaceX’ning olamshumul rekordi: birorta davlat ham uddalay olmagandi! (video)

  •   DiMaX
  •  1053
  •  25.01.2021 17:00

SpaceX’ning olamshumul rekordi: birorta davlat ham uddalay olmagandi! (video)

Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi Falcon eltuvchi raketasini biryo‘la 143 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi. Bu bilan u bitta raketada uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar soni bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Bundan avvalgi rekord 2017 yilda qayd etilgan edi. O‘shanda Hindiston Kosmik agentligi raketa bilan 104 ta sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli uchirgan edi.

SpaceX missiyasi Transporter-1 deb nom oldi. Orbitaga chiqarilgan sun’iy yo‘ldoshlar orasida o‘ntasi Starlink global tarmog‘i uchun mo‘ljallangan. SpaceX uni Yerning olis joylarini internet bilan ta’minlash uchun tashkil qilmoqda. Qolgan sun’iy yo‘ldoshlar turli mijozlar manfaatlari uchun ishlaydi, ular orasida Finlyandiyaning ICEYE kompaniyasi ham bo‘lib, u xavfli muz ob’yektlarini monitoring qilish tizimini ishlab chiqmoqda.

Dastlab SpaceX’ning rekord parvozi 23 yanvarga belgilangan edi, ammo o‘sha kuni mintaqada yomon ob-havo sharoiti kuzatildi, shu munosabat bilan start bir kun keyinga qoldirildi.

O‘QING: Business Insider: Starlink'ning interneti yomon ob-havo sharoitida ham tezkor internetni ta’minlab beradi

Ilon Maskning kompaniyasi 2020 yil dekabrida Starlink loyihasi doirasida olis va qishloq joylarini sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlash uchun AQSh hukumatidan 885,5 million dollar subsidiyani yutib oldi. SpaceX mablag‘larni o‘n yil mobaynida qabul qiladi. Bundan tashqari, AQSh hukumati kompaniyaga mamlakatning 35 ta shtatida 642 925 ta nuqtada internetni ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha pul ajratadi.

Bu Starlink loyihasi doirasida 2019 yil mayidan boshlab internet sun’iy yo‘ldoshlari katta guruhining orbitaga 17 marta chiqarilishidir. SpaceX’ning orbital guruhida allaqachon 1013 ta Starlink kosmik qurilmasi bor.

Ayni paytda bu kompaniya dunyodagi eng yirik sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi.

Kelgusida SpaceX kompaniyasi Yer aholisini sayyoraning istalgan nuqtasida keng polosali internetga kirish bilan ta’minlash imkoniyatini beruvchi to‘liq ko‘lamli tarmoq yaratish uchun 12 mingta ushbu turdagi kosmik qurilmadan iborat orbital guruhni shakllantirishni rejalashtirmoqda. Loyihani amalga oshirishga kiritilgan investitsiyalarning umumiy qiymati 10 milliard dollarga baholanmoqda.

O‘QING: Tezkor internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari kimga xalaqit beryapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!