Telegram’da ovozi o‘chirib qo‘yilgan chatlarni yashirish yo‘li ham topildi!

  •   DiMaX
  •  2203
  •  27.02.2018 18:54

Telegram’da ovozi o‘chirib qo‘yilgan chatlarni yashirish yo‘li ham topildi!

Ushbu messenjerda uncha muhim bo‘lmagan guruhlar, kontaktlar yoki kanallardan bildirishnoma kelmaydigan qilib – ovozini o‘chirib qo‘yish mumkin. Buning uchun «Bildirishnomalarni o‘chirish» («Otklyuchit uvedomleniya») funksiyasi joriy etilgan.

O‘QING: Telegram’ning o‘nta yirik kamchiligi bor, bilasizmi?

Messenjerni ochganingizda, bildirishnoma kelmaydigan qilib qo‘yilgan o‘sha chatlarda yangi xabarlar bo‘lsa, ularning soni ham xira rangda ko‘rinib turadi. Ovozi o‘chirib qo‘yilgan shu dialoglarni ko‘rinmaydigan qilib qo‘yishning ham imkoni bor. Ammo bu usul Telegram’ning faqat desktop versiyasidagina amal qiladi.

Xullas, bildirishnomalari o‘chirib qo‘yilgan chatlarni ko‘zdan ham yashirib qo‘yish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. Dasturning yuqori chap burchagidagi asosiy menyusini ochamiz.
  2. «Sozlamalar», ya’ni «Nastroyki» bandini tanlaymiz.
  3. Kompyuterda harf terishni lotinchaga o‘tkazib (tilini «Angliyskiy» qilib) olamiz.
  4. Klaviaturada «workmode» so‘zini teramiz (yozayotganimiz hech qayerda ko‘rinmaydi).
  5. Chiqqan oynachada «OK»ni bosib tasdiqlaymiz.

Shundan so‘ng desktop Telegram dasturi o‘zi o‘chib, qaytadan ochiladi. Qarasangiz – undagi chatlar ro‘yxatining eng tepasida «Bildirishnomasiz chatlarni yashirish», ya’ni «Skrit chati bez uvedomleniy» yozuvi paydo bo‘lib qoladi. O‘shani bossangiz bas – o‘zingiz bildirishnoma kelmaydigan qilib qo‘ygan dialoglar yashiriladi. Ularni yana ko‘rinadigan qilish uchun esa, boyagi yozuvning o‘rnida paydo bo‘lgan «Barcha chatlarni ko‘rsatish» – «Pokazat vse chati» yozuvining ustiga chertasiz.

Bildirishnomasiz chatlarni saralash funksiyasini o‘chirish ham xuddi uni yoqishdagi kabi – sozlamalarda «workmode» buyrug‘ini terish orqali amalga oshiriladi.

O‘QING: Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.