Terabayt Weekly: Ekrandagi “o‘lik” piksellar, Galaxy Note 7 yonish sabablari, noutbuklarini qaytarayotgan HP, rekord darajada smartfon sotgan Huawei va haftaning boshqa muhim xabarlari

Terabayt Weekly: Ekrandagi “o‘lik” piksellar, Galaxy Note 7 yonish sabablari, noutbuklarini qaytarayotgan HP, rekord darajada smartfon sotgan Huawei va haftaning boshqa muhim xabarlari

Haftaning eng muhim va qiziqarli xabarlari

Samsung Galaxy Note 7 nega yonganiga aniqlik kiritdi

Bugun Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi shu yilning avgust oyida taqdim etilib, jiddiy nosozlik tufayli yonib keta boshlagan va oxir-oqibatda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Galaxy Note 7 fabletining yonib ketish sabablarini rasman e’lon qildi.>> Batafsil

Tadqiqot: Grafik kalit smartfonni himoya qilmaydi

Tadqiqotchilarning fikricha, telefonni barmoq izi, parol yoki PIN-kod ancha ishonchli himoya etadi. Grafik kalitni 40% Android-foydalanuvchilar ishlatishiga qaramay, bu usul uncha ham ishonchli emas. >> Batafsil

Ekrandagi «o‘lik» piksellarni tekshirish

Smartfon va planshetni ishlatishda uning ekrani g‘oyatda muhim rol o‘ynaydi, uning sifatiga ko‘p narsa bog‘liq. Bu jihatdan ahamiyatli omillardan biri – unda ishlamaydigan, «o‘lik» piksellar bo‘lmasligidir. Shunday ekan, bunday qurilma xarid qilayotib, uning mana shu xususiyatini tekshirish lozim. Quyida buning eng asosiy yo‘llarini o‘rgatamiz.>> Batafsil

HP yonib ketish xavfi tufayli 101 ming noutbuk batareyasini qaytaradi

2016 yilning o‘rtalarida HP 41 mingta portativ kompyuter akkumulyatorlarini chaqirib olishini e’lon qilgan edi. Bu galgi 101 mingta batareya esa 2013-2016 yillar davomida ishlab chiqarilgan noutbuklarga, jumladan, nashrning qayd etishicha, HP Compaq, HP ProBook, HP Envy, Compaq Presario va HP Pavilion markasidagi noutbuklarga o‘rnatilgan. >> Batafsil 

Wi-Fi’ga parol o‘rnatishni bilasizmi?

Bugungi kunda internetni Wi-Fi router orqali tarqatish va butun oila a’zolari shu to‘lqin orqali global tarmoqqa kirishlari odatiy hol bo‘lib qoldi. Biroq begonalar bu to‘lqindan foydalanmasliklari uchun router parametrlariga kirib, parol o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.>> Batafsil

2016 yildagi eng ko‘p smartfon sotgan 10 ta Xitoy brendi

Ro‘yxatni Huawei kompaniyasi boshqarmoqda, u 2016 yilda dunyo  bozoriga jami 139 mln dona smartfon yetkazib bergan. Oppo (95 mln) va Vivo (82 mln) brendlari Huawei’dan keyingi o‘rinlarni band qilishgan.>> Batafsil

Xarid oldidan smartfonni tekshirish (videoqo‘llanma)

Yangi narsa sotib olayotib, uning nuqsonli chiqishini hech kim istamaydi, ayniqsa, smartfon masalasida jiddiy qarash kerak.>> Batafsil

 iPhone, iPad yoki iPod touch’ni Apple ID’dan ajratamiz

Apple texnika mahsulotlari sohiblari vaqt o‘tishi bilan yangi modeldagi qurilmalar xarid qilishlari mumkin, bunda eskisini biror yaqiniga hadya etish yoki sotib yuborish zarurati tug‘iladi. Biroq bitta kichik muammo bor – gadjet o‘z egasining Apple ID akkauntiga bog‘langanligi. >> Batafsil

Tavsif: Huawei P9 lite – akasining munosib ukasi

Ma’lumki, Xitoyning Huawei kompaniyasi har yili bahorda P turkumidagi o‘zining flagman modellarini taqdim etib keladi. Flagmanlar, shubhasiz, ayni paytda smartfon sanoatidagi eng kuchli texnik xususiyatlar bilan ta’minlanadi. Shu bois bo‘lsa kerak, kompaniya yildan –yilga yanada ko‘p miqdorda smartfonlar sotib, jahon bozoridagi o‘z mavqeini mustahkamlab kelmoqda. >> Batafsil 

Galaxy S8 modelining haqiqatga yaqin suratlari oshkor qilindi

Garchi Samsung kompaniyasining navbatdagi flagmani Galaxy S8 modelining taqdimotiga hali bir necha oy vaqt bo‘lsa-da, tarmoqda unga oid turli xil tafsilotlar paydo bo‘lishda davom etmoqda. >> Batafsil

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.