Terabayt Weekly: Xitoydan quvilayotgan iPhone, yolg‘onchi OnePlus va Meizu, Samsung`ni ortda qoldirgan Apple, o‘sayotgan Windows 10, Android’da grafik kalitni blokdan chiqarish, josus Dropbox va haftaning boshqa qiziqarli xabarlari

Terabayt Weekly: Xitoydan quvilayotgan iPhone, yolg‘onchi OnePlus va Meizu, Samsung`ni ortda qoldirgan Apple, o‘sayotgan Windows 10, Android’da grafik kalitni blokdan chiqarish, josus Dropbox va haftaning boshqa qiziqarli xabarlari

Haftaning eng muhim va qiziqarli xabarlari bilan tanishing:

iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velotsiped tayyorlashni boshlaydi

Xitoyda velosipedlar ijarasi bilan shug‘ullanadigan Mobike startapi uchun iPhone ishlab chiqaruvchi Foxconn kompaniyasi velosipedlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi. >> Batafsil  

Dropbox foydalanuvchilari bir necha yil oldin o‘chirilgan fayllarni aniqlashdi

Foydalanuvchilar bundan bir necha yil oldin o‘chirilgan fayllarni yana qayta xizmatdagi papkalarida aniqlaganlaridan keyin o‘tgan hafta Dropbox forumida bu mavzu bo‘yicha juda qizg‘in muhokama boshlandi, >> Batafsil

Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin

Agarda siz kompyuter o‘yinlari ishqibozi bo‘lsangiz, u holda yoqimli mashg‘ulotni foydalisi bilan uyg‘unlashtirib borish imkoni mavjud: o‘yin o‘ynash jarayonida ingliz tilini o‘rganish mumkin. >> Batafsil

iPhone Xitoydagi eng ko‘p sotiladigan smartfon nomini boy berdi

Counterpoint Research kompaniyasining 2016 yilga bag‘ishlangan tahlillariga ko‘ra, iPhone so‘nggi besh yil ichida birinchi marta Xitoydagi eng ko‘p sotiladigan smartfon nomini boy bergan. >> Batafsil

Android’da grafik kalitni blokdan chiqaramiz

Mazkur tizimdagi qurilmalarni grafik kalit orqali qulflab qo‘yib, kalitini o‘zingiz unutgan bo‘lsangiz, uni ochish uchun bir necha marta noto‘g‘ri kalit kiritganingizdan so‘ng bloklanib qoladi. Shunday hollarda uni qay yo‘l bilan blokdan chiqarish masalasiga quyida to‘xtalamiz. >> Batafsil 

 Sony DVD’ga bo‘lgan talabning tushishi sababli 1 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Jahonda onlayn video servislar ommalashgani tufayli DVD qurilma va disklarga bo‘lgan talabning tushishi natijasida Sony kompaniyasi 2016 yilda 1 mlrd dollar atrofida moliyaviy zarar ko‘rgan. >> Batafsil  

Apple 2016 yil 4 choragida smartfon yetkazish berish bo‘yicha Samsung`ni ortda qoldirdi

Mazkur davr mobaynida Apple 78,3 mln, Samsung esa 77,5 mln dona smartfonni dunyo bozoriga yetkazib bergan. Natijada “Olma”ning bozordagi ulushi 17,8 foizga o‘sgan (Samsung 17,7%). >> Batafsil

OnePlus va Meizu benchmark natijalarini soxtalashda ayblandi

XDA Developers resursi Snapdragon 821 protsessorining OnePlus 3T smartfonida noodatiy tarzda ishlashiga guvoh bo‘lgan: muayyan ilovalar ochilganda smartfon chastotasi yuqorilagan va qayta o‘z o‘rniga tushmagan. >> Batafsil 

Avstraliyada jahondagi ilk gigabitli LTE-tarmoq ishga tushdi

Telstra`ning gigabitli tarmog‘ini yaratishda Ericsson kompaniyasi yordam bergan, Qualcomm va Netgear esa bunday tarmoqqa mo‘ljallangan tayyor qurilmani ishlab chiqarishda hamkorlik qilgan. >> Batafsil

Noodatiy nikoh uzuklari qanday ko‘rinishga ega?

Nikoh uzuklarini tanlash to‘yga tayyorgarlikning muhim qismlaridan biridir. Bugun barcha narsaga, jumladan, nikoh uzuklari tanlashga ham kreativ yondashish urfda. Xo‘sh, noodatiy nikoh uzuklari qanday ko‘rinishga ega? >> Batafsil

Windows 10 kompyuter operatsion tizimlari bozorining chorak qismini band qildi 

Microsoft`ga tegishli operatsion tizimlar jahon PK bozorining 91,4 foizini band qilgan. macOS 6,3% va Linux operatsion tizimi 2,3 % ulushga ega bo‘lgan. >> Batafsil

2016 yilda Facebook’ning moliyaviy daromadi 54 foizga yuqoriladi

2016 yil uchun umumiy daromad esa 27,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan, bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan 54 foizga ko‘p. Sof foyda esa 10,2 mlrd dollarni tashkil etib, jami 177 foizga yuqorilagan. >> Batafsil

Mega-tavsif: Samsung Galaxy A3 (2017) – suvdan qo‘rqmas kichkina botir

Ma’lumki,  shu oyning boshida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy A seriyasidagi smartfonlarning uchinchi avlodini namoyish qilgan edi. Ta’kidlash lozim, ushbu seriyadagi modellar chin ma’noda ko‘plab foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lgan. Ushbu seriyadagi smartfonlarning birinchi versiyasi 2015 yilda metall korpus va biroz oddiy texnik parametrlar bilan chiqarilgan edi. Seriyadagi keyingi modellar yildan-yilga takomillashib kelmoqda. O‘rta segmentdagi smartfonlarning flagmanlarga qaraganda yaxshiroq va ko‘proq sotilishini hisobga olgan Samsung kompaniyasi, mazkur seriyadagi qurilmalarni  yangidan-yangi xususiyatlar bilan boyitishda davom etmoqda.>> Batafsil

Farzandingiz suratini internetga joylamang!

Ijtimoiy tarmoqlar asrida ko‘pchilik o‘zining, oila a’zolarining suratlarini internetga joylab, naqadar baxtiyor ekanini, bolalarini qanchalar yaxshi ko‘rishini shu tariqa boshqalarga ham namoyish qilmoqchi bo‘lishadi. Bu rasmlarga yozilgan “Dam olishlar zo‘r-u, a!?”, “Voy, muncha asal qizcha ekan!”, “O‘o‘o‘, polvon bola bo‘lsin…” singari izohlar, ularga qo‘yilgan “layk” va “klass”lar esa surat-post qo‘yuvchilarning aksariyatiga o‘zgacha bir qoniqish hissi bag‘ishlaydi. >> Batafsil

Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni boshlaydi

Hindiston hukumati AQShning Apple kompaniyasiga mazkur mamlakat hududidagi Karnataka shtatida o‘z qurilmalarini ishlab chiqarishga ruxsat berdi. >> Batafsil

5G standartidagi raqamli kelajakka tayyormisiz?

Atrofimizdagi olam shiddat bilan o‘zgarib, fan-texnika taraqqiy etib borayotganiga har birimiz guvohmiz. Xususan, axborot texnologiyalarining takomillashuvi hayotimizga katta o‘zgarishlar kiritayotir. Masalan, o‘zini-o‘zi boshqaradigan avtomobillar, uy robotlari, aqlli shaharlar… – bularning bari insoniyatning turmush tarziga kirib kelishiga oz qoldi. Ammo hozircha ular kam sonli bo‘lgani uchun ham rivojlanishi sekin bo‘lmoqda.  >> Batafsil 

Facebook ta’riflar orqali rasm qidirish funksiyasini ishga tushirdi

Sun’iy intellekt asosida ishlaydigan Lumos algoritmi keltirilgan ta’riflarga mos tasvirlarni aniqlab, uni foydalanuvchiga taqdim qila oladi. >> Batafsil