Toshkent shahridagi Inha universitetida «Amaliyot va karera yarmarkasi» bo‘lib o‘tdi

  •   DiMaX
  •  591
  •  16.04.2018 16:11

Toshkent shahridagi Inha universitetida «Amaliyot va karera yarmarkasi» bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 14 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Amaliyot va karera yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2018) bo‘lib o‘tdi. Bu to‘g‘rida universitet sayti xabar e’lon qilgan.

O‘QING: Inha universiteti talabalarni «Stajirovkalar va kareralar yarmarkasi»ga taklif qilmoqda

Amaliyot va karera yarmarkasi Toshkent shahridagi Inha universiteti va mamlakatning boshqa AT universitetlaridagi talabalar uchun AKT sohasidagi kompaniyalar va tashkilotlardagi istiqbollarini belgilash va amaliyot o‘tish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan edi, deyiladi xabarda.

Yarmarkada O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar va tashkilotlar o‘zlarining imkoniyatlari bilan tanishtirdilar. Ishtirokchilar orasida «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning rezidentlari ham bor edi. Yarmarkada shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar ham vakansiyalarni taqdim etdilar.

Kompaniyalar vakillari murojaat etuvchilar bilan intervyular o‘tkazdi, shuningdek, o‘z imkoniyatlarining taqdimotini o‘tkazishdi hamda malaka oshirish uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

O‘QING: Inha universiteti talabalari Huawei’ga ishga joylashishlari mumkin

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev qayd etdi: «Universitetda talabalarimizning amaliyotlarini tashkil etish va ishga joylashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi bitiruvchilarimiz va uchinchi bosqich talabalarimizning ko‘pchiligi ishga joylashgani yoki o‘z loyihalari ustida ishlayotgani quvonarlidir».

«Mazkur yarmarka yoshlarga yirik kompaniyalarda ish topishga, shuningdek, axborot texnologiyalari bozorida talab qilinadigan kasblar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, ularga o‘z rejalarini tuzishga va bu yo‘nalishlarda kerak bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lishga imkon beradi», – qo‘shimcha qildi u.

«Men, shuningdek, yarmarkani qo‘llab-quvvatlagan hamda o‘z kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratgan barcha kompaniyalarning vakillariga minnatdorlik bildirmoqchiman. Toshkent shahridagi Inha universiteti AT-bozorining ishtirokchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga tayyor», – deya ta’kidlab o‘tdi universitet rektori.

O‘QING: Toshkentda «sun’iy ong» bo‘yicha bolalar uchun Google’ning bepul kursi ochilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!