Ucell aksiyasi: hisobni QIWI orqali to‘ldirib, 100 foizlik bonus oling!

  •   DiMaX
  •  2551
  •  02.04.2018 08:45

Ucell aksiyasi: hisobni QIWI orqali to‘ldirib, 100 foizlik bonus oling!

Bugungi kunda elektron to‘lov tizimlari ommalashib, turli tovar va xizmatlar haqlarini masofadan turib to‘lash ham osonlashib bormoqda. Jumladan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan uyali aloqa operatorlari ham o‘z abonentlarining hisoblarini boshqa mamlakatlardan turib turli to‘lov tizimlari orqali to‘ldirish imkonini ko‘zda tutadilar.

O‘QING: Ucell «Tarmoq ichida qulay» xizmatlar to‘plamida limitlarni 5 karragacha oshirdi!

Jumladan, Ucell kompaniyasi o‘z abonentlarining hisoblarini xorijdan turib to‘ldirish imkonini beruvchi «Chegarasiz to‘lov» xizmatini taqdim etgan. Operator saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, endi maxsus aksiya doirasida abonentlar hisoblarini QIWI to‘lov tizimi orqali to‘ldirib, xuddi shu to‘lovning 100 foizi miqdorida bonus olishlari mumkin.

Buning uchun Rossiyadan yoki boshqa mamlakatdan turib hisobni QIWI to‘lov tizimi orqali to‘ldirish kifoya. Bunda hisobi to‘ldirilgan abonentga to‘lov miqdorichalik hajmda, 7 kunlik muddatda amal qiluvchi bonus taqdim etiladi.

Mazkur aksiya 2018 yilning 29 martidan to 30 iyunigacha bo‘lgan muddatda (shu kunlari ham) amal qiladi, deyiladi Ucell saytida. Bunda taqdim etilgan bonusni belgilanganidan boshlab 7 kun mobaynida tarmoq ichidagi va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar hamda SMS-xabarlar, shuningdek internet-trafik uchun sarflash mumkin. Bonus qoldig‘ini tekshirish uchun *106# raqamiga USSD-so‘rov yuboriladi.

Bu aksiya haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi («OK», «Ijobiy», «Ko‘proq!», «Oddiy», «Diyorim», «Erkin suhbat», «Oson hisob», «Do‘stlar orasida», «Baxtli 25», «Baxtli 25+», «Aniq», «Aniq+», «Omadli»,  «Omadli+», «Omadli BN», «Baxtli 25 BNFREE», «Aniq BNFREE», «Omadli BNFREE», «Onlayn», «Easy», «VIP», «Fresh») tariflari abonentlari uchun amal qiladi.

«Chegarasiz to‘lov» xizmati hamda ushbu aksiya xususidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidan olish mumkin.

O‘QING: 31 martdan Ucell’ning «Yanada ko‘p ijobiylik» aksiyasi doimiy bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!