Ucell Education ta’lim portali ishga tushdi

  •   DiMaX
  •  1130
  •  02.05.2018 12:11

Ucell Education ta’lim portali ishga tushdi

Ucell Education ta’lim portali ishga tushdi

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlari uchun telefon aloqasi va internet xizmatlarini taqdim etishdan tashqari, turli qo‘shimcha imkoniyatlar ham yaratib berishadi. Jumladan, Ucell kompaniyasi kuni kecha Ucell Education ta’lim portalini taqdim etdi.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun OLX.uz’ning «E’lonlar taxtasi» ishga tushdi

Har kunlik ish yuklamasi tufayli kishilar o‘zlari uchun yetarlicha vaqt ajrata olmaydilar, ular biror sohadagi bilimlarni o‘zlashtirish hamda o‘z qiziqishlarini amaliy imkoniyatlarga aylantirish uchun yengil yo‘llarni izlashadi. Shu ma’noda Ucell abonentlarining omadi chopgan, deyiladi operatorning rasmiy saytidagi xabarda.

Yangi Ucell Education ta’lim portali – o‘qib-o‘rganishni, rivojlanishni sevuvchi hamda bularning barchasini mamnuniyat bilan amalga oshiruvchi Ucell abonentlari uchun eng maqbul maskan. Ushbu portalda siz qiziqarli foydali maslahat va tavsiyalar, professional qo‘llanma va zaruriy yo‘riqnomalarni topasiz. Bu yerda siz o‘zingizning yashirin imkoniyatlaringizni kashf etishingiz va rivojlantirishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell musiqa shaydolari uchun Zvooq xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Ta’lim, Biznes, Layfxak, Fitnes, Pardoz, Pazandachilik kabi bo‘limlardan iborat bo‘lgan ushbu portal faqat Ucell abonentlariga mo‘ljallangan. Mazkur ta’lim portalidan foydalanish juda oson: Ucell telefon raqamingizni kiriting, o‘zingizni qiziqtiruvchi kontentga obuna bo‘ling va har kuni shu mavzuda foydali ma’lumotlar olib boring. O‘z dunyoqarashingizni o‘zingizga qulay bo‘lgan istalgan joyda rivojlantiring.

Ucell Education ta’lim portaliga obuna bo‘lish uchun, 8300 raqamiga «2» raqamini SMS-xabar tarzida yuborish lozim. Dastlabki 3 kun davomida obuna bepul, keyin esa obuna narxi kuniga 631.5 so‘mni tashkil etadi.

Ushbu xizmatdan foydalanish shartlari va uning imkoniyatlari haqidagi batafsil ma’lumotni portalning «Ko‘p so‘raladigan savollar» bo‘limida olish mumkin.

O‘QING: Ucell yangi – «Kayfiyat» tarif rejalari tizimini joriy etdi