Ucell yana ikkita yangi kontent-xizmatni ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  2102
  •  16.12.2017 13:32

Ucell yana ikkita yangi kontent-xizmatni ishga tushirdi

 

O‘z abonentlari uchun hamkorlari bilan birgalikda turli ko‘ngilochar xizmatlarni taqdim etib kelayotgan Ucell uyali aloqa operatori o‘z abonentlari uchun yana ikkita kontent-xizmatni yo‘lga qo‘ydi. «Paparatsi» hamda «Sport portali» deb nomlanuvchi bu xizmatlar Viamobi kontent-provayderi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan, deyiladi operator saytidagi xabarda.

O‘QING: Davlatga oid va ijtimoiy veb-resurslarga Ucell abonentlari imtiyozli narxlarda kirishadi

«Paparatsi»: mashhur shaxslarni bilasizmi?

Bulardan birinchisi – «Paparatsi» bu kvest-xizmat bo‘lib, unga mashhur tarixiy shaxslar haqidagi bir necha mingta savol kiritilgan. Ushbu savollar pop-madaniyatning hozirda hayot bo‘lgan «yulduz»lariga ham, tarixiy shaxslarga ham aloqador bo‘lishi mumkin. Mazkur xizmat turli yosh guruhlariga mo‘ljallangan va har xil shaxslar haqidagi savollarga javob topib vaqt o‘tkazish imkonini beradi. Jalb etish uchun motivatsiya sifatida o‘ynovchilarning ichki reytingi hamda boshqa o‘ynovchilar bilan duellar qilish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, do‘stlarni musobaqaga chorlash hamda vaqt bo‘yicha guruh musobaqasi uyushtirish funksiyalari ham kiritilgan.

Portalga kirish xizmatning 6400 qisqa raqamiga 15 (rus tili uchun) yoki 16 (o‘zbek tili uchun) buyrug‘ini yuborish orqali amalga oshiriladi. «Paparatsi» xizmatiga obuna bo‘lish uchun 6400 qisqa raqamiga istalgan SMS-xabarni yuborish yoki *853# USSD-so‘rovini terish lozim.

O‘QING: Ucell musiqa shaydolari uchun Zvooq xizmatini yo‘lga qo‘ydi

«Sport portali» – sportga qiziquvchilar uchun

Yangi kontent-xizmatlarning ikkinchisi «Sport portali»  deb nomlangan va abonentlar uchun SMS orqali butun dunyodagi sportning har xil (futbol, xokkey, boks, MMA, kiber-sport, avtosport, tennis, biatlon, fentezi kabi) turlariga oid kontentga bir lahzadayoq kirish imkonini taqdim etadi.

Abonent bu xizmatga obuna bo‘lib, sportdagi turli voqealardan SMS orqali onlayn-uzatishlarni olish, har xil ligalarning o‘yinchilari va jamoalari statistikalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Portalga kirish xizmatning 6500 qisqa raqamiga 15 (rus tili uchun) yoki 16 (o‘zbek tili uchun) buyrug‘ini yuborish orqali amalga oshiriladi. «Sport portali»  xizmatiga obuna bo‘lish uchun 6500 qisqa raqamiga istalgan SMS-xabarni yuborish yoki *854# USSD-so‘rovini terish lozim.

Mazkur kontent-xizmatlar haqidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidan olish mumkin.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun OLX.uz’ning «E’lonlar taxtasi» ishga tushdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.