VIDEO: ikkita OLED-ekranli Nubia X flagmani ilk reklama roligida!

  •   DiMaX
  •  579
  •  29.10.2018 12:09

VIDEO: ikkita OLED-ekranli Nubia X flagmani ilk reklama roligida!

Avval ham xabar berganimizdek, ZTE korporatsiyasining shu’ba korxonasi bo‘lgan Nubia kompaniyasi «alomat» smartfon tayyorlagan. Monoblok korpusining har ikkala tomonida ham to‘laqonli displeyi bo‘lgan ushbu qurilma Nubia X modelidir.

O‘QING: Nubia Z18S emas, balki Nubia X: qo‘sh ekranli «alomat» smartfon kompaniyaning 6 yilligi sanasida taqdim etiladi

Nubia X asosiy ekrani romsizligi evaziga old kameradan mahrum etilgan. Ikkinchi ekrani ustidagi qo‘shaloq bosh kamerasi esa 24 va 16 megapikselli sensorlardan iborat.

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu «alomat» smartfonning har ikkala displeyi ham OLED texnologiyasi bo‘yicha ishlangan. Bosh ekran diagonaliga 6,26 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi 2280x1080 piksel. O‘lchami diagonaliga 5,1 dyuymlik ikkinchi ekran bo‘lsa 1520x720 piksellidir.

O‘QING: ZTE Nubia flagmani: old kamerasi va ekran «kemtigi» yo‘q, ammo ekrani va barmoq izi skaneri ikkitadan!

Mazkur devaysning «jonli» surat va videolari, texnik xususiyatlari haqidagi turli ma’lumotlarni avval e’lon qilganmiz. Endi esa Nubia X flagmanining birinchi reklama videoroligi ham internetga chiqdi. Marhamat, uni birga tomosha qilamiz:

Nubia X apparat ta’minoti asosini yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 845 tizimi hamda 8 gigabaytlik tezkor xotira tashkil qiladi. Akkumulyatorining tok sig‘imi 3800 mA/soat bo‘lgan ushbu smartfon Android 8.1 Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning taqdimoti 31 oktyabrga belgilangan, bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz.

O‘QING: RASMAN: Nubia ham ikkinchi geymerofoni – Red Magic 2’ni jangga tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.