Xiaomi 30 dollarlik innovatsion gadjet taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1617
  •  02.03.2018 11:05

Xiaomi 30 dollarlik innovatsion gadjet taqdim etdi

«Xitoycha Apple»ning smartfonlari bizda juda ommalashib bormoqda, lekin uning boshqa mahsulotlari ham e’tiborga loyiq. Bu kompaniya ko‘pchilikning xayoliga kelmagan mahsulotlar ham chiqarib turadi.

O‘QING: Xiaomi "aqlli ko‘rpa"ni sotuvga chiqardi

Xiaomi o‘zining MIJIA platformasida yana bir yangi mahsulot – barmoq izi skaneriga ega kompyuter sichqonchasi ishlab chiqara boshladi. Bu haqda GizmoChina nashri xabar bergan.

Sichqonchaning daktiloskopik datchigi uning g‘ildirakchasi oldida – ko‘rsatkich barmoqqa qulay joylashgan. Ushbu sensor kompyuterdagi turli shifrlangan fayllar va jildlarni ochishda qo‘llanadi – ularga sichqoncha egasidan boshqa hech kim kira olmaydi.

O‘QING: Xiaomi ayollar uchun muhim «aqlli» gadjet taqdim etdi

Bundan tashqari, mazkur datchikni elektron pochtaga hamda har xil veb-saytlarga kirishda qo‘llash mumkin. Ya’ni, foydalanuvchi o‘z parolini terish o‘rniga barmoq izini «o‘qitib», kirib ketaveradi. Shuningdek, onlayn banking tizimini qo‘llashda ham daktiloskopik sensordan foydalanish imkoni mavjud.

Xiaomi innovatsion sichqonchasining optik sensori 1600 dpi aniqlikka ega. Sichqonchaning o‘zi turli yuzalarda ishlay oladi.

Xabarga ko‘ra, ushbu devaysning narxi 30 AQSh dollari atrofida bo‘lib, u joriy yilning 15 aprelidan savdoga qo‘yiladi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarining narxlari (2018 yil 26 fevral)