Xiaomi kompaniyaning 8 yilligi sharafiga Mi 8 smartfonini chiqarishini rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1985
  •  16.05.2018 19:05

Xiaomi kompaniyaning 8 yilligi sharafiga Mi 8 smartfonini chiqarishini rasman e’lon qildi

«Xitoycha Apple» o‘zining navbatdagi flagman smartfonini sanoq bo‘yicha Mi 7 emas, balki bitta son «sakrab o‘tib», Mi 8 deb nomlayotgani haqida yozganmiz. Mazkur flagman kupertinoliklarning iPhone X superflagmaniga haqiqiy raqib bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi kompaniyasi 3D Face skaneriga ega Mi 8 flagmanining taqdimot kunini ma’lum qildi

Shu va boshqa xabarlarda, Xiaomi Mi 8 smartfonini 23 may kuni namoyish etishi aytib kelinayotgan edi. Lekin bugun – 16 may kuni tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, taqdimot marosimi 31 may sanasiga ko‘chirilgan.

Androidpure nashrining yozishicha, Xiaomi bugun Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy akkaunti orqali shunga bag‘ishlangan tizer e’lon qilingan. Unga ko‘ra, navbatdagi flagman kompaniyaning sakkiz yilligi sharafiga Xiaomi Mi 8 Anniversary Edition deb nomlanmoqda.

Shu paytgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 8 Anniversary Edition sartfoni 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessoriga ega. Unga tasvirlarni qayta ishlashda Adreno 630 grafik tezlatgichi yordam beradi. Smartfon 8 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘lib, to‘laqonli yuz skaneri – 3D Face tizimi bilan ta’minlangan.

Shuningdek, Xitoyda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda Mi Band 3 «aqlli» bilaguzugini ham ko‘rsatishi kutilayotir.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 3’ni ishlayotgan holida ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!