Xiaomi Mi Max 3 Pro haqiqat ekan: smartfon sinovdan o‘tdi

  •   Saroy
  •  2118
  •  04.07.2018 15:27

Xiaomi Mi Max 3 Pro haqiqat ekan: smartfon sinovdan o‘tdi

Avval  Xiaomi Mi Max 3 fabletining yanada takomillashgan versiyasi  chiqayotgani haqida fiqat gap-sozlarni eshitgan bo‘lsak, endi uning haqiqatan ham mavjudligi tasdiqlandi.  Tayvan davlat agentligi bo‘lmish,  NCC (National Communication Commission)   M1804E4A indeks raqamli smartfonga  sertifikatsiya berdi. Manbalarda ta’kidlanishicha, bu aynan Pro-versiyasi bo‘ladi.

Hozircha bizga  Xiaomi Mi Max 3 Pro avvalgi versiyasiga qaraganda yanada kuchli protsessorga ega bo‘lishi ma’lum. Agar oddiy “uchtalikda”  Snapdragon 636 bo‘lsa,  Pro-versiyasi Snapdragon 710 chipi bilan ta’minlanadi.

O‘QING:Xiaomi Mi Band 2: 25 dollar sog‘ligingizdan o‘rgilsin!

Shuningdek,  Mi Max 3 Pro 6,9 dyumli ekranga ega bo‘ladi. Qurilmaning 6 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotirasi bor. Asosiy qo‘sh kamera, 8-megapikselli old kamera hamda sig‘imi 5 400 mAch akumlyator smartfonning imkoniyatlari haqida sizga yaxshi tasavvur beradi. Umuman olganda   Mi Max 3’da nima bor bo‘lsa, Pro’da ham xuddi shunday komplekt.

NCC sertifikatsiyasi,  qurilmaning yaqin kunlarda rasman namoyish qilinishidan darak beradi. Katta ehtimol bilan, ikkala versiyaning  ham taqdimoti shu oyning o‘zida,  bir kunda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING:Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.