Xiaomi MIUI 10’ni rasman namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  1771
  •  24.01.2018 10:32

Xiaomi MIUI 10’ni rasman namoyish etdi

2017 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot anjumanida Xiaomi kompaniyasi MIUI proshivkasining navbatdagi – 10-versiyasini rasman taqdim etdi. Operatsion tizim qobig‘ining ushbu talqini, «xitoycha Apple» vitse-prezidentlaridan birining aytganidek «X» qo‘shimchasiga ega bo‘lgani yo‘q, balki oddiygina MIUI 10 deb nomlandi.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Afsuski, mazkur tadbirda MIUI 10’ning qurilmalarga o‘rnatish uchun tarqatilish vaqti xususida ham, unda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ham ma’lumot berilmagan. Keyingi yillarda shakllangan an’anaga ko‘ra, proshivkaning yangi talqinida bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida bahorga yaqin ma’lumot berishadi. Ehtimol, bular to‘g‘risida MWC 2018 ko‘rgazmasida xabar berishar.

Garchi rasmiy ma’lumot berilmayotgan esa-da, Xiaomi qurilmalaridan qaysilari MIUI 10’gacha yangilanishi haqida insayderlar ma’lumot tarqatishgan.

O‘QING: Ilg‘or MIUI X tizimiga ega bo‘ladigan Xiaomi'lar ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.