Xiaomi’ning ikki modeldagi smartfoniga Face Unlock funksiyasi qo‘shildi

  •   DiMaX
  •  1493
  •  03.03.2018 12:44

Xiaomi’ning ikki modeldagi smartfoniga Face Unlock funksiyasi qo‘shildi

Yuzni tanish texnologiyalari ayrim Android-smartfonlarda ancha oldindan bor edi. Ammo iPhone X taqdim etilganidan keyingina bu funksiya keng ommalasha boshladi.

O‘QING: iPhone X'dagi innovatsiyaga ega, undan 5 barobar arzon smartfon

Jumladan, 2017 yilning eng kuchli smartfoni bo‘lmish OnePlus 5 modeliga ham OxygenOS 5.0.2 proshivkasining barqaror talqini bilan Face Unlock funksiyasi qo‘shilgan edi.

Yana bir xitoylik smartfonsoz – Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda, deb yozadi GizChina nashri. Ya’ni, u dastlab Face Unlock’ka ega bo‘lmagan qurilmalariga proshivka yangilanishi bilan ushbu funksiyani taqdim etmoqchi.

Jumladan, Mi 6 hamda Mi Mix 2 smartfonlari uchun taqdim etilayotgan MIUI proshivkasining navbatdagi yangilanishi Face Unlock funksiyasiga ham ega. Bungacha esa yuzni tanish tizimi bu kompaniyaning faqat Redmi Note 5 Pro modelidagina bor edi.

iPhone X’dan boshqa barcha devayslarda bo‘lgani kabi, Xiaomi sartfonlarida ham Face Unlock funksiyasi faqat old kamera hisobigagina ishlaydi. Ya’ni, uning xavfsizlik darajasi baribir kupertinoliklarning superflagmaniga nisbatan past. Lekin aksariyat hollarda u ko‘z rangdor pardasi skaneridan yoki Apple mahsulotidagi Face ID’dan tezkorroq ishlaydi.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.