Xiaomi’ning Mi6 smartfoni yanada arzonlashadi

Xiaomi’ning Mi6 smartfoni yanada arzonlashadi

Xiaomi Rossiyada smartfon sotish huquqini cheklab qo‘ygach, Rossiya bojxonasi Xitoyning internet do‘konlaridan xarid qilingan Xiaomi smartfonlarini ortga qaytarib yubormoqda. Bundan ranjigan rossiyalik brend muxlislari barchani boykot e’lon qilishga chaqirmoqda. Kompaniyaning Rossiyadagi vakili esa “Xitoycha olma”ning yangi rejalari bilan rossiyaliklarning diqqatini tortishga urinmoqda.

Xiaomi arzon va sifatli gadjetlari bilan tanilgan. 18 aprelda taqdim qilingan yangi flagman — Xiaomi Mi6 ayni paytda juda kamyob. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda uning Lite-versiyasi bozorga tayyorlanmoqda. Uning yanada hamyonbop bo‘lishi aytilmoqda.

Xiaomi Mi6 Lite talqinining asosiy farqi — asl talqinda kuchli Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgan bo‘lsa, mazkur “yengil” versiyada o‘rta narxli smartfonlarga mo‘ljallangan Snapdragon 660 protsessori o‘rnatiladi. Bu turdagi chipdan ayni paytda brendning Redmi Pro 2 smartfonida ham foydalaniladi.

Xiaomi Mi6 Lite talqini yaratish fikri smartfon sanoatida yuzaga kelgan Snapdragon 835 platformasining tanqisligi bilan bog‘liq. Iyunda taqdim etilishi kutilayotgan Xiaomi Mi6 Lite $289 dollardan sotuvga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, smartfonning 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363 (2499 Yuan), 6 GB tezkor va 128 GBdoimiy talqini — $421 (2899 Yuan), hamda 6 GB / 128 GB xotirali maxsus «keramika» talqini $435 (2999 Yuan) AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!