Xiaomi o‘zining global foydalanuvchilari uchun "kambag‘al" MIUI 14 operatsion tizimini taqdim qildi

Xiaomi o‘zining global foydalanuvchilari uchun

O‘zining yangi avlod flagman smartfonlari, Xiaomi 13 seriyasini global bozor uchun namoyish qilganidan so‘ng, Xiaomi ular bilan birga chiqarilgan MIUI 14 versiyasining taqdimotini ham o‘tkazdi va u tez orada barcha foydalanuvchilar uchun tarqatilishini rasman tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Android 13 ga asoslangan ushbu MIUI versiyasi xitoycha variantidan ancha "yengilroq", chunki unda ko‘plab funksiyalar mavjud emas yoxud ular MIUI 14 ning global taqdimotida ko‘rsatib o‘tilmadi.

Ana shunday e’tiborli funksiyalarning biri "Photon Engine"ning yo‘qligi – bu smartfondagi barcha ilovalarni optimizatsiya qilish va ularni tezroq ishlashiga yordam berar edi. Global versiyadagi MIUI 14 da taqdim qilinmagan asosiy funksiyalarning yana biri esa tizimga ichki o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirib tashlash imkoniyati bo‘lib, bunda siz Kamera, Sozlamalar, Fayl menejeri kabi asosiy ilovalardan tashqari istalgan bloatware'ni o‘chirib yuborishingiz mumkin edi. Qolaversa, siz global versiyadagi MIUI 14 bilan Bosh ekranda virtual Tamagotchi hayvoniga ega bo‘lmaysiz.

Shularni hisobga olmaganda global versiyadagi MIUI 14 inkognito rejimida ovoz yozishni cheklash, ilovani ishga tushirish uchun yangi UI, takomillashtirilgan vidjetlar, qurilmada matnni qayta ishlash, katta papkalar, fotosuratlardagi matnni aniqlash va boshqa yangi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Va ushbu yangilanish butun dunyo bo‘ylab quyidagi smartfonlarga rasman tez kunlarda yetib boradi:

  • Xiaomi 12T Pro
  • Xiaomi 12T
  • Xiaomi 12 Pro
  • Xiaomi 12
  • Xiaomi 12X
  • Xiaomi 12 Lite
  • Xiaomi 11T Pro
  • Xiaomi 11T
  • Xiaomi Mi 11 Ultra
  • Xiaomi Mi 11i
  • Xiaomi Mi 11
  • Xiaomi 11 Lite 5G NE
  • Xiaomi Mi 11 Lite 5G
  • Xiaomi Mi 11 Lite
  • Xiaomi Redmi Note 11 Pro+ 5G
  • Xiaomi Redmi Note 10 Pro
  • Xiaomi Redmi Note 10
  • Xiaomi Redmi 10 5G

Bu Xiaomi rasman MIUI 14 yangilanishini qabul qilishini tasdiqlagan va e’lon qilgan smartfonlar ro‘yxati bo‘lib, unda mavjud bo‘lmagan modellar katta ehtimol bilan yangi versiyani qabul qilmasligi mumkin.

O‘QING: Xiaomi o‘zining yangi AR ko‘zoynoklari bilan Apple'ni kengaytirilgan reallik poygasida ortda qoldirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!