Xiaomi rahbari dunyoning eng yaxshi smartfonini aytdi

Xiaomi rahbari dunyoning eng yaxshi smartfonini aytdi

Jahonning yirik IT-korporatsiyalaridan biri bo‘lgan Xiaomi rahbari ham oddiy smartfon foydalanuvchisi sifatida o‘ziga ma’qul kelgan jahondagi eng yaxshi smartfon modelini e’lon qildi.

14 mart kuni "xitoylik Stiv Jobs" nomi bilan tanilgan Ley Szyun ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi. Xiaomi rahbari suhbat chog‘ida o‘ziga eng yoqqan smartfon haqida fikrlarini bayon qildi. Uning javobi jurnalistlarni hayratga soldi. Boisi, bunday yirik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbarlari odatda raqiblarini hech qachon tan olishmagan.

Xiaomi yetakchisi bo‘lgan Ley Szyun esa intervyu mobaynida oddiygina tabassum bilan bosh raqibini maqtab qo‘ydi.

"Agar men boshqarayotgan kompaniya yaxshi va arzon smartfonlarni ishlab chiqarmaganida, iPhone brendi va uning eng so‘nggi ishlab chiqargan smartfoni men uchun jahondagi eng yaxshi smartfon bo‘lar edi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan Apple smartfonlari uning nazdida jahondagi eng yaxshi mobil aloqa qurilmalari. Ley Szyunga ko‘ra apparat ta’minot, ya’ni protsessor platformasi hamda dasturiy ta’minot o‘rtasida mahorat bilan yaratilgan muvofiqlik sabab ayfon smartfonlari sanoatning eng kuchli vakillari bo‘lib qolaveradi.

Ayni paytda iPhone X modeli Apple ishlab chiqargan eng kuchli smartfon modeli hisoblanadi.

Shu bilan birga, Ley Szyunga ko‘ra, hozirgi vaqtda Xiaomi ham, va uning raqiblari bo‘lgan Oppo, Huawei hatto Samsung ham o‘z foydalanuvchilariga smartfondan yetarlicha qulay foydalanish imkoniyatini bera olishmayapti. Aytish kerakki, Xiaomi avvaliga Apple kabi operatsion tizim yaratish bilan shug‘ullangan. Xususan, hozirgi MIUI tizimini yaratishda kompaniya iOS'dan ilhom olgani ko‘p aytiladi.

Ley Szyun jurnalistlarga Xiaomi kompaniyasi xaridorlardan haqiqatni yashirishga haqli emasligini va har kim Apple eng kuchli smartfon ishlab chiqaruvchi ekanini bilishi kerakligini aytdi. Shu bois ham, iPhone jahonning eng smartfoni ekanini aytishdan cho‘chimaslik kerak.

Shuningdek, uning qayd etishicha, hattoki Xitoyning Xiaomi va Huawei yoki boshqa kompaniyalarining katta maosh oladigan mansabdorlari ham iPhone
tutadilar va yirik tadbir hamda jamoat tadbirlarida iPhone qurilmalaridan foydalanishlarini yashirishga urinmaydilar.

Xitoylik IT-korporatsiya bosh direktori Ley Szyun intervyu yakunida Xiaomi kompaniyasi uning boshchiligida yaqin yillar ichida Apple kabi, jumladan iPhone X kabi eng yaxshi telefonlar ishlab chiqarishga erishishini ma’lum qildi.

Qoyil qolish kerak, raqibini tan olish, bu - kuchlilik belgisi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!