Xiaomi Redmi 6A 3/32 va 4/64 GB xotira versiyasiga ega bo‘ldi

  •   Saroy
  •  4382
  •  10.07.2018 15:29

Xiaomi Redmi 6A 3/32 va 4/64 GB xotira versiyasiga ega bo‘ldi

Iyunning o‘rtalarida Xiaomi Redmi 6  va  Redmi 6A  smartfonlarini namoyish qilgandi. Bir oy o‘tmasdan  Redmi 6A  yanada kengaytirilgan xotiraga ega bo‘ldi, lekin baribir arzonligicha qoldi.

O‘QING:Xiaomi’dan yangi Pocophone smartfoni: nomi g‘alati emasmi?

Xiaomi Redmi 6A smartfonining asosiy versiyasi 2 gigabayt OZU va 16 gigabayt flesh-xotiraga ega. Mazkur versiyaning narxi 94 dollar. JD. com va Xiaomi Mall internet do‘konlarida  3/32 va 4/64 gigabayt versiyadagi modellar haqida ma’lum qilindi. Shu bilan birga, yaxshilangan versiyaning narxi tegishlicha 105 va 150 dollar turadi. Qurilmaning yangi versiyali modellari allaqachon sotuvga chiqarilgan. Endi xalqaro bozorda qachon paydo bo‘ladi, umuman paydo bo‘ladimi, bunisi hozircha noma’lum.

O‘QING:Xiaomi 2019 yilda AQSh bozorini zabt etmoqchi, ruxsat berilsa, albatta

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.