Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9 rasman foydalanishga topshirildi

  •   DiMaX
  •  2436
  •  03.11.2017 08:32

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9 rasman foydalanishga topshirildi

Xitoydagi smartfonsoz Xiaomi kompaniyasi Android uchun ishlangan o‘z ustqurmasining navbatdagi – MIUI 9 talqinigacha yangilanish rasman boshlanganini ma’lum qildi. Bu to‘g‘rida Hi-Tech Mail.Ru nashri xabar bergan.

Aytib o‘tish kerakki, MIUI 9’ning ayrim imkoniyatlarini shu yilning iyul oyidayoq Xiaomi bosh direktori Ley Szyun ma’lum qilgan, keyinroq esa Shanxayda bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu tizim talqinining yangi funksiyalari namoyish etilgan edi. Endi esa, nihoyat, kompaniyaning bir qator qurilmalariga MIUI 9 qobig‘ini yuklab olish imkoniyati rasman taqdim etildi.

Ushbu versiyaning yoqimli jihatlaridan ayrimlari – ilovalarni ishga tushirishning «aqlli» rejimi, smartfondagi Split Screen rejimi, shuningdek, «ilovalar ombori» deb nomlanuvchi funksiyadir.

MIUI 9 talqini boshqaruvi ostida ishlovchi smartfonlarda keshni avtomatik tozalash funksiyasi ham bo‘ladi. Yana 21 ta animatsiyali belgicha (ikonka) hamda tezkor javoblar funksiyasi ham taqdim etiladi.

Xiaomi interfeysni takomillashtirish va optimizatsiiya qilish yo‘lida ko‘p  mehnat qilgani sezilib turibdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, endi MIUI ham, xuddi Xiaomi Mi A1 modelidagi «sof» Android kabi tez ishlaydi. Shuningdek,  kompaniya o‘zining bu ishlanmasini janubiy koreyalik gigantning Galaxy J7 Max modelidagi Samsung Experience 8.1 qobig‘i bilan solishtirib, MIUI 9 unga nisbatan sezilarli darajada tez ishlashiga urg‘u bergan.

Bir narsani esda tutish lozim: garchi Google allaqachon Android 8.0 Oreo talqinini sinovdan o‘tkazmoqda, yangi MIUI 9 qobig‘i esa undan oldingi – Android Nougat operatsion tizimiga asoslangan.

Barqaror MUI 9 talqinigacha yangilana oladigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati bilan mana bu yerda tanishing.

Shuningdek, 2 noyabrda Xiaomi o‘zining yangi – Redmi Y1 hamda Redmi Y1 Lite smartfonlarini ham taqdim etdi. Bu ikkala model ham Redmi 5A’ning versiyalari hisoblanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!