Xiaomi smartfonlari uchun qoyilmaqom MIUI 10 deyarli tayyor! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2650
  •  12.05.2018 13:43

Xiaomi smartfonlari uchun qoyilmaqom MIUI 10 deyarli tayyor! («jonli» video)

«Xitoycha Apple»ning eng muhim jihatlaridan biri – o‘z smartfonlari uchun MIUI grafik qobig‘ini takomillashtirib, gadjetlarining proshivkasini muntazam yangilab borishidir. Jumladan, hozirda uning ko‘plab devayslari uchun MIUI 9 operatsion tizimi tarqatilishi bilan birga, uning navbatdagi talqini ham tayyorlanyapti.

O‘QING: Xiaomi MIUI 10’ni rasman namoyish etdi

Xiaomi korporatsiyasi joriy yilning aprelida, MIUI 9 operatsion tizimi ustida ishlashni yakunlab, uning navbatdagi – MIUI 10 talqinini tayyorlashga asosiy e’tiborni qaratishini aytgandi. Bugun ma’lum bo‘lishicha, o‘ninchi versiyani ham allaqachon ishlatib ko‘rsa bo‘ladigan darajaga keltirishibdi.

Xullasi kalom, xalqaro MIUI 10 talqinidagi proshivka XDA forumidagi dasturchilar qo‘liga tushib qolgan va uni Mi MIX 2 modeliga o‘rnatib, sinab ko‘rishgan. Bir so‘z bilan aytganda, Xiaomi ushbu versiyani juda qoyilmaqom tayyorlagan, uning interfeysi o‘ta ko‘rkam. MIUI 10 versiyasida belgichalar yangicha ko‘rinishga keltirilgan, butun tizim dizayni o‘zgartirilgan. U ko‘p jihatdan Android P operatsion tizim talqinini eslatadi.

O‘QING: Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)

Aytish kerakki, MIUI 10 taqdimotigacha hali deyarli to‘rt oy muddat bor, shu orada uning interfeysi yanada takomillashtirilishi aniq. Bundan tashqari, Xiaomi ushbu tizimga yangi oboylar ham qo‘shishi turgan gap.

Afsuski, yangi proshivka faylini internetga yuklashmagan, shu bois hozircha uni smartfonga o‘rnatib ko‘ra olmaymiz. MIUI 10 proshivkasining ishlashini quyidagi «jonli» videoda ko‘rish bilan kifoyalanishga to‘g‘ri keladi:

Aytish kerakki, hozircha ayrim modellardagi Xiaomi smartfonlariga MIUI 9 proshivkasining so‘nggi talqinlarini o‘rnatish mumkin.

O‘QING: Barqaror MIUI 9.5’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!