Xiaomi smartfonlarida MIUI 9’ning ajoyib funksiyasini faollashtiramiz (+video)

  •   DiMaX
  •  4814
  •  26.12.2017 10:53

Xiaomi smartfonlarida MIUI 9’ning ajoyib funksiyasini faollashtiramiz (+video)

«Xitoycha Apple» o‘zi va’da qilgan barcha smartfonlariga operatsion tizim qobig‘ining MIUI 9 Global Stable talqinini joriy etdi. Endi o‘ttizdan ortiq modellardagi Xiaomi smartfonlari yanada tezkorroq, erengiya tejovchi va ilg‘or proshivka bazasida ishlamoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9 rasman foydalanishga topshirildi

Garchi MIUI 9 proshivkasi Xiaomi’ning barcha smartfonlari uchun yagona bo‘lsa-da, har bir model uchun u turli Android talqinlariga asoslangan. Keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarilgan barcha modellardagi smartfon egalarining esa rosa omadi kelgan – ulardagi MIUI 9 proshivkasi Android 7.0 Nougat tizim talqini bazasida yaratilgan. Omadning kelgani shundaki, ushbu talqinda ajoyib bir yangi funksiya – ekranni ikkitaga ajratish imkoni (Split Screen rejimi) mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari birorta iPhone’da yo‘q jihatga ega bo‘ladi

Mazkur yangi funksiya Xiaomi smartfonlarida bir vaqtning o‘zida ikkita ilova bilan ishlash imkonini taqdim etadi. Tabiiyki, Split Screen rejimida ishlash katta ekranli smartfonlardagina qulay. Diagonaliga 5 dyuymlik yoki undan kichik displeyga ega qurilmalarda esa, bu rejimda ilovalarda hamma narsa mayda bo‘lib ketadi va bu noqulaylik tug‘diradi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ikkita ilova bilan baravariga ishlash Mi Max 2 hamda Mi MIX 2 modellarida qulay, zero, bu ikkala devays ham ekranining ulkanligi bilan ajralib turadi.

O‘QING: "Lopatafon" – Xiaomi Mi Max 2 xalqaro bozorda sotilmoqda

U yoki bu ilovadan Split Screen rejimida foydalana boshlash uchun, avvalo, kerakli ilovalarni ochib olasiz. So‘ng esa ko‘p vazifalilik menyusini ochsangiz, ishga tushirilgan ilovalardan tashqari, ekranning yuqori qismida Split Screen belgisi va «Razdeleniye ekrana» yozuvi ko‘rinadi. Uning ustiga bitta bosib faollashtirasiz va ishga tushirilgan ilovalardan birini ushlab, uning ustiga olib borib tashlaysiz. Bu ilova ekranning yarmini – yuqori qismini egallab ochiladi. Endi esa ekranning pastki qismida istalgan bir ilovani ochib ishlataverasiz.

Quyida shu jarayonni videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Yana bir qulayligi – u yoki bu ilovaning ekranda egallagan joyi hajmini sozlash mumkin. Buning uchun ekran qismlarini o‘zaro ajratib turgan qora rangli chegara chizig‘ining o‘rtasiga bosib, uni yuqoriga yoki pastga surish lozim.

Aytish kerakki, Android 7.0 Nougat bazasidagi MIUI 9 proshivkasi o‘rnatilgan Xiaomi smartfonlaridagi ushbu funksiyada ekranni ikkiga ajratuvchi Split Screen rejimiga moslab optimallashtirilgan ilovalarni ishlatish mumkin.

O‘QING: MIUI 9’gacha rasman yangilanadigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!