Xiaomi Strakz: noma’lum arzon smartfon benchmarkda g‘alati natija ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1552
  •  16.05.2018 14:10

Xiaomi Strakz: noma’lum arzon smartfon benchmarkda g‘alati natija ko‘rsatdi

«Xitoycha Apple» o‘zining eng ilg‘or Mi 8 (yoki Mi 7) flagmanidan tashqari, bir qator hamyonbop smartfonlarni ham tayyorlamoqda. Jumladan, joriy oyning o‘zida uning hali rasman tanishtirilmagan ayrim modellari benchmarklarda «qo‘lga tushib» qoldi.

O‘QING: Xiaomi’ning yana bir – Cactus nomli yangi smartfoni Geekbench’da «ko‘rindi»

Endi esa, Geekbench servisining bazasida kodli nomi Xiaomi Strakz (StRaKz) bo‘lgan yana bir mobil qurilmasi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Xususiyatlariga qaraganda, bu hamyonbop smartfon bo‘ladi, zero, uning «elektron yuragi» sifatida yakka kristalli Snapdragon 625 tizimi tanlangan. Aytish kerakki, kompaniyaning Redmi S2, Redmi Note 5, Redmi 5 Plus, Redmi Note 4, Redmi Note 4X, Redmi 4 Prime, Mi Max 2, Mi A1 hamda Mi 5X singari arzon va nisbatan eski smartfonlarida shu protsessor qo‘llangan.

Xiaomi Strakz modeli 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan, Android operatsion tizimining so‘nggi – 8.1.0 Oreo talqinida ishlaydi. Mana, benchmarkdagi testda ushbu smartfon ko‘rsatgan natijalar quyidagicha:

Guvohi bo‘layotganingizdek, bu gadjet yakka yadroli sinovda 902 ball, ko‘p yadroli testda esa 1536 ball natija ko‘rsatgan. Aytish kerakki, bu past ko‘rsatkich hisoblanadi, ammo bu yerda aks ettirilgan protsessorning takt chastotasiga (0 MGs) qaraganda, sinov jarayonida qandaydir xatolik yuz bergan ko‘rinadi.

Kodli nomi Strakz bo‘lgan devaysning qanday model tarzida va qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Ammo Xiaomi kompaniyasining shu yaqin bir yil mobaynida chiqarishga mo‘ljallagan smartfon modellari allaqachon fosh bo‘lgan.

O‘QING: To‘liq ro‘yxat: Xiaomi bu yil yana qanday smartfonlar taqdim etadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!