Xiaomi va Huawei noutbuk  ishlab chiqaradi

Xiaomi va Huawei noutbuk  ishlab chiqaradi

Internet saytlarida Xiaomi o‘zining ilk noutbuki ustida ish olib borayapti, degan ma’lumotlar tarqadi. Xitoyning NetEase axborot resursi xabarida yozilishicha, Xiaomi noutbuki 13 dioganal ekranga ega bo‘ladi va unga yo Windows 10, yo MIUI operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Bundan tashqari axborot manbasi Huawei kompaniyasining kelgusi rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar noutbuklar bozorida debyut qilishni rejalashtirmoqda. Ilk devays MateBook nomi ostida bozorga chiqariladi. Gadjet premerasi aprel oyiga rejalashtirilgan va qurilma 12,9 dyuym ekranga ega bo‘ladi.

E’tiborga loyiq tomoni shundaki, Huawei noutbuki ham huddi Xiaomi kabi “ikkitasi birda” qoidasi bo‘yicha ishlanadi. Ya’ni qurilma, egasining istagiga ko‘ra, planshet sifatida foydalanilishi ham mumkin.

Ekspertlarning fikricha, xitoyliklar yangi noutbuklari bilan bu segmentda muvaffaqiyatga erishishi oson kechmaydi. Chunki shaxsiy kompyuterlar yo‘nalishining yirik-yirik yetakchilari bilan raqobatda yutib chiqish uchun ko‘p mablag‘ hamda vaqt ketishi ham mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!