Xiaomi'ning sirli avtomobili texnoparkda qo'lga tushdi!

Xiaomi'ning sirli avtomobili texnoparkda qo'lga tushdi!

Internetda Xitoy ko'chalarida sinovdan o‘tkazilayotgan Xiaomi'ning ilk avtomobili suratlari tarqaldi. Ulardan ko'rish mumkinki, Xitoylik taniqli smartfon brendining elektromobili uzun kapot bilan aerodinamik kuzovga ega. Mish-mishlarga ko'ra, u uch xil modelda chiqariladi va ular Qualcomm 8295 chipsetiga ega bo'ladi. Ularning boshlang'ich ikki modeli BYD tomonidan ishlab chiqarilgan, 400 voltli zaryadlash bilan mos keladigan Blade temir-fosfat batareyalarini olsa, uchinchisi CATL'ning atigi 15 daqiqada 0 dan 80% gacha zaryadlanish imkonini beradigan 800 voltli Qilin batareyasi bilan jihozlanadi. Qo'shimchasiga aytish kerakki, Xiaomi, shuningdek, 2025-yilda chiqarilishi kutilayotgan "Le Mans" kod nomli elektromobil ustida ham ishlamoqda.



"Modena" kod nomiga ega elektromobil esa avvallari 150 dan 200 ming yuangacha (22 dan 29 ming dollargacha) turadi deb taxmin qilingan edi. Endilikda bu 260-300 ming yuangacha (38-44 ming dollar) bo'lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Avtomobil bu yil chiqmasligi aniq, biroq, kompaniya uni bu yilni o'zidayoq taqdim qilishi va oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshlashi mumkin. Keyingi yildan esa ommaviy ishlab chiqarish va yetkazib berish boshlanishi kutilmoqda.

O'QING: Tesla xatosini tan oldi va endi uning elektromobillari standart rullar qaytadi