Xuddi Terminatordagidek: xitoylik olimlar suyuq robot yaratishdi

  •   Saroy
  •  1600
  •  29.10.2018 11:48

Xuddi Terminatordagidek: xitoylik olimlar suyuq robot yaratishdi

«Terminator-2» dagi afsonaviy T-1000’dan ilhomlangan xitoylik olimlar suyuq robot yaratishdi. Biroq u umuman jahldor emas va juda kichkina.

Xitoylik olimlarning ixtirosi kaftga sig‘adi. U  plastik g‘ildirakka o‘xshaydi, ichida bir tomchi suyuq metal va litiy batareyacha. Batareyadagi kuchlanishni nazorat qila turib, metalldagi tortish kuchi markazini o‘zgartirsa bo‘ladi. Natijada g‘ildirakcha u yoqdan bu yoqqa aylanadi.

O‘QING: Robotlar odam emas: ular shuni yodda saqlashga majbur

Suyuq robot loyihasi ustida ish bundan 6 yil burun boshlangan edi. O‘shanda olimlar suyuq metalli qotishmaning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishgandan keyin ushbu loyihaga kirishdilar. U o‘zining yuqori elektr o‘tkazish qobiliyati, tortish kuchini nazorat qilish imkoniyati va noodatiy qayishqoqligi bilan olimlarni hayratga solgandi. «Bizning fikrimizcha, bunday qotishmalar robot yaratishda asqotishi mumkin, ya’ni, istalgan paytda shaklini o‘zgartirishi mumkin», — deydi robot yaratuvchilardan biri Tan Shiyan. «Albatta, mening hayolimga darhol Terminator  filmidagi T-1000 keldi, ushbu filmni men 10 yil avval ko‘rgandim.

O‘QING: Qotil-robotlar odamlarga o‘z qarorini tushuntiradi

Bunday robotlardan kelgusida qutqaruv missiyalarida foydalansa bo‘ladi. Masalan, ulardan zilzila oqibatlarini bartaraf etish paytida vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarishda foydalansa bo‘ladi. Chunki bunday robotlar nazariy jihatdan qulflanib yoki shunchaki qattiq berkilib qolgan eshikning tagidan yoki tirqishidan sudralib kira oladi. Uni kattalashtirish ham mumkin yoki kichraytirsa ham bo‘ladi. Qolaversa xitoylik olimlarning ushbu ixtirosi yordamida dori-darmonni inson tanasining aniq bir joyiga manzilli qilib yetkazish ham mumkin.

O‘QING: O‘rgimchak-robotlar: ularni siz payqamaysiz ham

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.