Xushxabar: eski iPhone’lar ham 3D Touch funksiyasiga ega bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  1513
  •  14.06.2018 14:31

Xushxabar: eski iPhone’lar ham 3D Touch funksiyasiga ega bo‘lyapti!

iOS operatsion tizimining yangi – 12-talqini «tishlangan olmali» qurilmalarga yanada tezkorlik va qulaylik baxsh etadi. Shu bilan birga, u hatto eski modellardagi ayrim ayfonlarga ham bir qator yangi imkoniyatlarni qo‘shadi.

O‘QING: iOS 12'da yana bir qiziq funksiya paydo bo‘ldi

Bu yerda gap 3D Touch texnologiyasi haqida ketmoqda – uning ayrim funksiyalari iPhone 5s hamda iPhone 6 kabi nisbatan eski modellardagi qurilmalarga ham joriy etilmoqda.

Ushbu smartfonlar egalari o‘z ayfonlaridagi virtual klaviaturani «trekpad» sifatida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng avval iOS 9 talqinida joriy etilgan mazkur funksiya matnlar bilan ishlashda boshqaruvni ancha osonlashtiradi. iOS 12 talqinigacha ham u 3D Touch’li ayfonlarda bo‘lgan, ammo yangi versiya sharofati bilan iPhone 5s hamda iPhone 6 modellariga ham tatbiq etilyapti.

Afsuski, 3D Touch’ning ayrim opsiyalaridan iPhone 5s va iPhone 6 egalari foydalana olmaydilar. Bular – kerakli so‘zni, abzatsni yoki jumlani belgilab olish uchun kuchliroq bosish; shuningdek, kuchliroq bosish orqali «kursor» va «matnni belgilash» rejimlarining biridan ikkinchisiga o‘tish kabilardir.

Ta’kidlash o‘rinliki, yangi modellardagi iPhone’larda ham, agar sozlamalari orqali 3D Touch o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur funksiya xuddi mana shunday ishlaydi.

O‘QING: iPhone egalari hayotini soddalashtirish uchun 3D Touch’ning 5 imkoniyati

Xo‘sh, eski modeldagi – 3D Touch’ni qo‘llab-quvvatlamaydigan ayfonlarda «trekpad» rejimini qanday faollashtiramiz?

Buning uchun «Probel»ni bosgancha bir necha soniya ushlab turamiz. Shundan so‘ng virtual klaviatura matnni kursor yordamida belgilash rejimiga o‘tadi.

Belgilash rejimiga o‘tish ham shunaqa oson – «Probel»ni bosib turgan holda klaviaturadagi kul rang hududga teginish kerak. So‘ng istalgan matnni belgilab olishingiz mumkin bo‘ladi. Kontekst menyuni chaqirish uchun esa belgilangan matnga teginish kifoya.

Eslatib o‘tamiz, iOS 12 ushbu yilning kuzida barcha modellardagi iPhone’lar uchun taqdim etiladi.

O‘QING: Apple: "iOS 12'ga yangilanadigan smartfon va planshetlar"

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.