Xushxabar: Google Maps’ga 39ta yangi, jumladan, o‘zbek tili ham qo‘shildi!

  •   DiMaX
  •  1747
  •  31.03.2018 12:44

Xushxabar: Google Maps’ga 39ta yangi, jumladan, o‘zbek tili ham qo‘shildi!

«Qidiruv giganti» sifatida ko‘proq tanilgan Google kompaniyasi o‘zining turli xizmat va mahsulotlarini muntazam takomillashtirib, modernizatsiyalab keladi. Jumladan, uning Google Maps servisi endi yana 39 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.

O‘QING: Google Maps yo‘llardagi tezlik limitini ko‘rsatadi

Bu haqda servis xodimlari kompaniyaning rasmiy blogida xabar qilishgan. Ushbu tillar orasida o‘zbek tili ham borligi biz uchun alohida quvonarlidir.

Google’ning ta’kidlashicha, dunyo bo‘yicha yangi qo‘shilgan 39 ta tilda gaplashuvchilarning umumiy soni taxminan 1,25 milliard nafarga yetadi. Bu esa butun dunyo bo‘yicha Google Maps servisining yanada ommalashuviga turtki bo‘ladi.

Google Maps ilovasini Android-gadjetlarga ushbu havola, iOS-devayslarga esa mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Shuningdek, kompyuter yoki noutbuk orqali ushbu servisdan foydalanish uchun, brauzeringizda https://www.google.com/maps manziliga kirasiz.

O‘QING: Google Maps’ning yengil talqini – Maps Go’ni istalgan Android-qurilmaga o‘rnatamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!