Xushxabar: Ucell yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

  •   DiMaX
  •  6341
  •  29.03.2018 18:19

Xushxabar: Ucell yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

2018 yilning bahori aloqa O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan operatorlari uchun unumdor keldi. Jumladan, Ucell brendi bugun – 29 mart kuni o‘zining «Azizlarim» nomli betakror tarif rejasini ishga tushirganini ma’lum qildi.

O‘QING: Ucell «Tarmoq ichida qulay» xizmatlar to‘plamida limitlarni 5 karragacha oshirdi!

Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, «Azizlarim» tarif rejasi – bu aziz qarindoshlaringiz va yaqinlaringiz bilan muloqot qilish uchun manfaatli va eng maqbul yechimdir! Yangi tarif rejasi ular bilan bitta guruhga birlashish hamda umumiy hisob va umumiy limitlardan (guruh ichida/O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar va internet-trafik) foydalanish, shuningdek, guruhingizdagi har bir abonent uchun belgilangan limitlar o‘rnatish imkonini beradi.

«Azizlarim» tarif rejasida xarajatlarni «Bosh abonent» boshqaradi. «Bosh abonent» opsiyasi bilan siz o‘z guruhingiz ichida mablag‘larning sarflanishiga, daqiqalar va MBlardan foydalanishga cheklov o‘rnata olasiz. Bunda guruhdagi har bir abonent avvalgidek o‘z shaxsiy hisobini to‘ldirishi va undan foydalanishi mumkin.

Ushbu yangi tarif rejasi bilan siz o‘z guruhingiz ichida maxsus imtiyozli narx – daqiqasiga atigi 25 so‘m evaziga muloqot qilishingiz hamda o‘z yaqinlaringiz bilan aloqada qolishingiz mumkin.

Shuningdek, «Daqiqalar to‘plami» va/yoki «MBlar to‘plami» opsiyasini tanlayotib, siz o‘z guruhingiz ichida muloqot qilish uchun qo‘shimcha daqiqalar limitini olasiz!

«Azizlarim» tarif rejasining shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali saytidan o‘qib olishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell va Artel Mobile aksiyasi: har oyda 3000 MBgacha bonus!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!