Yana bir mamlakat Telegram’ni bloklamoqchi. Qani, urinib ko‘rsin-chi!

  •   DiMaX
  •  1759
  •  02.05.2018 11:34

Yana bir mamlakat Telegram’ni bloklamoqchi. Qani, urinib ko‘rsin-chi!

Keyingi bir necha hafta mobaynida Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor mamlakat hududida Telegram messenjerini bloklashga kirishgan. Ammo uning urinishlari aks natija berayotganidan, boshqa ko‘plab saytlar va servislar ishlamay qolsa-da, Telegram ishlayotganidan xabaringiz bor.

O‘QING: Roskomnadzor blokladi, Telegram esa yangilandi va hamon ishlayapti!

Rossiyadan keyin Eron hukumati ham shunga o‘xshash qonun qabul qildi. Davlat rahbariyati milliy xavfsizlik masalalari tufayli mamlakat hududida Telegram’ni cheklashga harakat qilmoqda.

Keyingi bir necha oy mobaynida Eronda amaldagi rejimga qarshi bir qator norozilik aksiyalari uyushtirilgan. Hukumat vakillarining fikricha, bu kabi tadbirlarni uyushtirishda Telegram’dan faol foydalanib kelishmoqda. Shu bois ular mazkur messenjerni ta’qiqlash yo‘li bilan norozilik harakatlarining oldini olishga intilishmoqda. Ammo buning qanday oqibatlarga olib kelishini Rossiyadagi voqea-hodisalarga qarab ham taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Pavel Durov: "Ertaga kech bo‘lishi mumkin!"

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!