Yana hujum: Google Play’da o‘nlab qalbaki bank ilovalari fosh bo‘ldi

  •   Saroy
  •  564
  •  22.09.2018 15:34

Yana hujum: Google Play’da o‘nlab qalbaki  bank ilovalari fosh bo‘ldi

ESET ekspertlari  Google Play’da mashhur bank ilovasining navbatdagi qalbaki nusxasini fosh etishdi.  Firibgarlar ko‘plab dasturchilarning faoliyatini imitatsiya qilishga urinib ko‘rishgan, ammo ilovaning aksariyat jihatlari firibgarlik ustida bitta guruh ishlashganini isbotlaydi. Ehtimol bir kiberjinoyatchi ishlagandir.

Natijada, bu yilgi yozda minglab bank kartalari o‘g‘irlangan, ilovaning o‘zi esa mingdan ziyod marotaba o‘rnatilgan ekan.

Google Play’ning qaroqchilikka qarshi dasturi bu gal ish bermadi: «oynada» murakkab labirintli kodlar qo‘llanilgan, bu esa qaroqchilarning yuqori darajada ustaligidan darak beradi.

O‘QING:Rossiya tijorat banki rahbari xakerlar o‘g‘irlagan 35 mln rublni bepisandlik bilan e’lon qildi

Ilovaning vazifasi bitta. U ham bo‘lsa, o‘g‘irlik. Foydalanuvchi ma’lumotlarni  yoki login  va porolni standart ro‘yxatdan o‘tkazish shaklida kiritsa bo‘ldi, shu zahotiyoq ular firibgarlar serverida paydo bo‘ladi.

Kiberhujum jabrdiydalari sifatida hozircha Yangi Zelandiya, Avstraliya, Buyukbritaniya, Shveysariya va Polsha bank tizimi foydalanuvchilari qayd etildi.  Avstriyada   Bitpanda kriptoservisi jabr ko‘rgan. Ammo jinoyatchilar o‘z vaqtida to‘xtatib qolinmasa, ular ushbu tizimda dunyoning istalgan mamlakati bank tizimiga hujum uyushtirishi turgan gap.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling: bank xakerlari harakatda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!