Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!

  •   DiMaX
  •  3758
  •  29.12.2020 13:50

Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!

UZTELECOM abonentlar uchun ajoyib yangi yil sovg‘asi tayyorladi – u 2021 yilni UNLIM seriyasining yangilangan tariflari bilan qarshi olishni taklif etmoqda. Yangilangan tariflar to‘plamida yanada yuqori tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish ta’minlanadi, deyiladi kompaniya rasmiy xabarida.

O‘QING: Uyali aloqa operatoridan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining ta’kidlashicha, tezlik o‘rtacha 1,5-2 barobarga oshirilgan bo‘lsa, abonent to‘lovining narxi esa avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan. Shu bilan birga, tezlik darajasi yuqori bo‘lgan tarif rejalarda abonent to‘lovi yanada arzonlashtirilgan. Misol uchun, agarda «UNLIM 100» tarif rejasining abonent to‘lovi avval 599 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda yangi to‘plamda ushbu tarif rejaning abonent to‘lovi 399 ming so‘mni tashkil etadi.

Abonentlarning ko‘plab iltimoslariga ko‘ra, ilk marotaba aholi uchun haqiqatan 300 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan tezkor cheksiz tarif rejalari, shuningdek 1 000 Mbit/s tezlikka ega «gigabit tezlik» joriy etildi.

Ko‘plab tariflar ikki karra cheksiz tarifga aylandi, sababi – nafaqat internet-trafikka, balki IP-telefoniya uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab suhbatlar daqiqasiga cheklovlar olib tashlandi. Yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish hamda sifatli telefoniya orqali suhbat qurish endilikda cheksiz va uzoq!

O‘QING: UZTELECOM internetni naq ikki barobarga arzonlashtirmoqda!

«UNLIM» seriyasidagi tarif rejalariga ulangan joriy abonentlar uchun yangi shartlar 2020 yilning 28 dekabrdan e’tiboran keyingi hisob-kitob davrining birinchi kunidan boshlab (har bir abonent uchun alohida) amal qiladi. Batafsil tushunchaga ega bo‘lish uchun quyidagi shartlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin:

Shuningdek, har bir abonent o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga mos bo‘lgan tariflarni shaxsiy kabinet orqali saytning ushbu havolasi yordamida, shu bilan birga MyUZTELECOM mobil ilovasi (Android va iOS) orqali hamda sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga tashrif buyurgan holda tanlashi mumkin.

Abonentlar uchun tariflarda yoqimli o‘zgarishlar juda ham ko‘p, misol uchun, «UNLIM SUMMER» aksiyali tarif rejada tezlik 10 Mbit/s o‘rniga 20 Mbit/s.ni tashkil qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida «UNLIM» seriyasidagi oltita tarif rejalari (30, 40, 60, 100, 300, 1000) o‘zida cheksiz IP-telefoniya xizmatini mujassam etadi. Avvallari IP-telefoniya bo‘yicha cheksiz suhbatlar faqat «UNLIM Premium» tarif rejasida mavjud bo‘lgan.

Tariflar haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: Mobil ilovadan foydalanib, 3750 MBgacha bonuslar oling!