YouTube bosh ofisida otishma: jabrlanganlar bor, Tim Kuk hamdardlik bildirdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1000
  •  04.04.2018 09:19

YouTube bosh ofisida otishma: jabrlanganlar bor, Tim Kuk hamdardlik bildirdi (+video)

3 aprel kuni AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Bruno shahrida joylashgan YouTube ofisida otishma yuz berdi. Videoxosting servisining bosh ofisiga qurollangan ayol bostirib kirib, hujum qilgan.

O‘QING: «Ko‘rinmas» xakerlar guruhi banklarga hujum qildi

Xabarlarga ko‘ra, ayol bu ofisga orqa eshikdan kirgan. U qurolidan o‘t ochib, kamida to‘rt kishini jarohatlagan, keyin esa o‘zini o‘ldirgan. Jarohat olgan xodimlar kasalxonaga yetkazilgan, politsiya vaziyatni o‘rganmoqda.

Voqea mahalliy vaqt bilan soat 13 atrofida sodir bo‘lgan. Mana, voqea joyidan tayyorlangan videolavhani birga tomosha qilamiz:

Aytib o‘tish kerakki, YouTube shtab-kvartirasida 1700 nafarga yaqin xodim ishlaydi, ular evakuatsiya qilingan. Politsiyaning dastlabki taxminiga ko‘ra, bu otishma terakt emas, balki zo‘ravonlik, deb baholanmoqda.

O‘QING: Facebook tasodifan o‘z moderatorlarining hayotini xavfga qo‘ydi

Apple bosh direktori Tim Kuk mazkur voqea yuzasidan YouTube hamda Google’ga o‘z hamdardligini bildirgan:

O‘QING: Apple'da "asr o‘g‘irligi" sodir etildi