ZTE Axon 10 Pro 5G smartfoni sotuvga chiqish sanasi ma’lum qilindi
ZTE kompaniyasi shu yil fevralda, MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida o‘zining yangi – Axon 10 Pro 5G flagmanini ilk bora jamoatchilikka ko‘rsatgan edi. Rasmiy namoyishidan ikki oy o‘tib qurilmaga Xitoyning JD.com onlayn internet-do‘koni buyurtmalar qabul qila boshladi.
Smartfonga 6,47 dyumlik FHD+ aniqlikdagi qayrilma AMOLED-displey o‘rnatilgan. 20 megapiksellik selfi-kamera esa «tomchisimon» kemtikka joylashgan. Ekran shuningdek daktiloskopli bo‘lib, HDR 10 funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma uchtalik kameradan iborat: 48 megapiksellik asosiy, 20 megapeksillek keng burchakli va 8 megapiksellik teleob’yektiv modullar.
Telefonning «yuragi» sifatida SD 855 va X50 5G modemi uyg‘unlashgan protsessor o‘rin olgan. Flagman 6/8/12 gigabayt operativ va 128/256 ichki xotiraga ega bo‘lgan va yangi F2FS fayllar tizimi qo‘llangan. Smartfon Android 9.0 boshqaruv tizimiga asoslangan, ZTE kompaniyasining MiFavor 9.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA/soatlik bo‘lib, 18 Vattlik tezkor hamda simsiz quvvatlash funksiyasiga ega.
Ma’lumotlarga ko‘ra, savdolar 7 may kunidan boshlanadi, biroq narxlar xozircha noma’lum. Flagmanni 6/128, 8/256, 12/256 gigabaytli versiyalarda sotib olish mumkin.
O‘QING: Hamyonbop P Smart Z – kamerasi korpusdan chiquvchi ilk Huawei smartfoni rasmiy suratda!