6 iyul kuni Yer Quyoshdan maksimal darajada uzoqlashadi
Sayyoramiz aholisi uchun bu holat ko‘rinmaydi ham, sezilmaydi ham.
Oltinchi iyulda Yer sayyorasi o‘z orbitasi nuqtasidan hisoblaganda quyoshdan eng uzoqlashadigan kun hisoblanadi. Mutaxassislarning aytishicha, bu holat yerliklar uchun sezilmaydi ham, ko‘rinmaydi ham.
Olimlarning hisob-kitobicha, shu kuni Yer Quyoshdan maksimal darajada uzoqlashadi va o‘rtadagi masofa 152095566 kilometrga teng bo‘ladi. Bu, ilmiy tilda Yerning afeliyaga kirishi, deb ataladi. Bu vaqtda quyoshning bizga ko‘rinish diametri juda kichrayib ketadi.