Ajoyib imkoniyat: Yandeks dasturchilarni yozgi maktabga taklif qilmoqda

Ajoyib imkoniyat: Yandeks dasturchilarni yozgi maktabga taklif qilmoqda

«Yandeks» yozgi Mobil dasturchilar maktabiga arizalar qabul qilishni boshladi. Mazkur maktab maxsus yo‘naltirilgan dasturlash tillari bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarga mo‘ljallangan. O‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin hech qanday diplom yoki attestatlar talab qilinmaydi, lekin o‘qishga da’vagorlar, albatta, Java tilini bilishi va turli algoritmlar bilan ishlay olishi shart.

Maktabda nimani o‘rganish mumkin?

O‘qishning asosiy yo‘nalishi - Android platformasi uchun ilovalar yaratishni o‘rganish. O‘qituvchilar bu boradagi turli yondashuvlar haqida o‘rgatadilar, o‘quvchilarni turli vositalar bilan tanishtiradilar. Bundan tashqari interfeyslar yaratish va ilovalarni test qilib ko‘rish bo‘yicha bilimlar berish ham o‘qishning asosiy maqsadlaridan biridir. O‘qish davomida turli amaliyotlar orqali ko‘nikmalar hosil qilish, xakaton (dasturchilar forumi)lar va «davra stollari» tashkillash va’da qilinmoqda.

 O‘QING:Tanishing: Alisa – Rossiyaning ilk intellektual ovozli yordamchisi

O‘qish 2018 yil iyul oyida boshlanadi. Darslar «Yandeks»ning Moskvadagi ofisida kechki 19:00 dan so‘ng tashkillanishi rejalangan. Shuningdek, o‘qish bilan birga ishlash imkoniyati ham mavjud. Moskvalik bo‘lmagan o‘quvchilarning transport va yashash xarajatlari «Yandeks» tomonidan to‘lanadi.

O‘qishga qanday kirish mumkin?

  • Juda ham oson - talabgordan shunchaki sinov topshiriqni bajarish talab etiladi. Topshiriq esa Android platformasi uchun Java yoki Kotlin dasturlash tilida ilova-galareyani yaratishdan iborat.
  • Shundan so‘ng 6 may, Moskva vaqti bilan soat 23:59 ga qadar anketa formasini to‘ldirib, ko‘rsatilgan manzilga yuborish zarur. Anketada ilovaning apk formatdagi fayliga va GitHub-repozitoriysiga havolalarni berishni unutmaslik lozim.
  • (Bajarish majburiy emas) Anketasi qabul qilinganlarga algoritmlar bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqni bajarish uchun ikki soatlik havola beriladi. Topshiriq Yandeks.Kontest tizimi orqali bajariladi. O‘qishga talabgorlar bu topshiriqni bajarishga majbur emas, lekin uni bajarganlarning o‘qishga qabul qilinish imkoniyati ancha ortadi.
  • So‘nggi bosqich - suhbat. Suhbat Skype orqali o‘tkaziladi.

Omadni qo‘ldan boy bermang!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!