Amazon gibrid imkoniyatli Prime Air dronini namoyish qildi

Amazon gibrid imkoniyatli Prime Air dronini namoyish qildi

“Prime Air” loyihasining ushbu ilk mahsuloti 2 yil deganda yangicha ko‘rinishda namoyish qilindi. Loyiha boshlanganida ko‘pchilik buyurtma tashuvchi dron haqidagi xabarlarni hazil sifatida qabul qilgan edi.

Yangi dronning to‘rt tomonidan kichikroq yon tomonida bitta katta parragi bor. Bu yon parrak uning vertikal – tik yo‘nalishda ham qo‘nib-ko‘tarilishini ta’minlaydi. So‘ngra unda gorizontal – yotiqcha uchish rejimi ishga tushadi. Shu jihati bilan u yarim samolyot va yarim vertolyot gibridini eslatadi. Yangi ko‘rinishdagi uchar moslama buyurtmani 24 km masofagacha bo‘lgan hududga, soatiga 88 km tezligida uchib, yetkazib beradi.

Misol uchun, kimdir pitssa yoki boshqa narsaga buyurtma bersa, dronga buyurtmachining telefon raqami hamda manziliga oid geografik ma’lumotlar kiritiladi. Dron manzilga kelgach, buyurtmachining qo‘l telefoniga buyurtma manzilga keltirilgani, qo‘nish joyi aniq ekanligini ta’minlash haqida xabar yuboradi. Agar buyurtmachi hammasi joyida ekanligi, qo‘nish mumkinligini tasdiqlasa, uchar moslama skaner tizimini yoqadi va buyurtmachi tomonidan qo‘yilgan, xizmat ko‘rsatuvchining maxsus belgisi tushirilgan ixchamgina qo‘nish nuqtasini topadi, buyurtmani uning ustida qoldirib, ortiga qaytadi.

Amazon vakilining aytishicha, kun kelib odamlar yon-atroflarida uchib ketayotgan dronga ham yo‘ldagi yuk tashuvchi mashinalarga qaraganday hayratlanmasdan qaray boshlaydilar.