Amerikalik blogger iPhone 6S’ni qozonda qaynatdi

Amerikalik blogger iPhone 6S’ni qozonda qaynatdi

Amerikalik mashhur blogger TechRax Youtube’dagi kanalida iPhone 6S telefoni ustidan antiqa tajriba o‘tkazdi.  U yap-yangi smartfonni qaynab turgan suvga tashlab,  bir necha daqiqa “pishirdi”.  Telefon qaynayotgan suvga tushgach,  oradan bir necha soniya o‘tib o‘chib qoldi.  Shunga qaramay,  u suvda 10-15 daqiqa yotdi.  So‘ng blogger iPhone 6Sni suvdan olib yoqishga urindi.  Keyin nima bo‘lganini yuqoridagi videoni tomosha qilsangiz,  bilib olasiz.  Ajoyib va kutilmagan natija…