Dronlar favqulodda holatlarda yordam beradi

Dronlar favqulodda holatlarda yordam beradi

DJI kompaniyasi Yevropa shoshilinch xizmatlar raqamlari asotsiatsiyasi(EENA) bilan hamkorlik boshlagani haqida ma’lum qildi.

DJI kompaniyasining rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida favqulodda holatlarda dronlar yordamini yanada faollashtirish rejalashtirilmoqda.

Dron-qutqaruvchilar

DJI —kvadrokopterlar ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri sanaladi. Ular ishlab chiqaradigan qurilmalar insonlarga turli sohalarda yordam bera oladi. EENA tashkiloti esa uchuvchisiz qurilmalarni aynan qutqaruv xizmatlarida qo‘llashni istamoqda.

Kelgusi yili hamkorlar odamlarni dronlar ko‘magida qutqarish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqishmochi. Buning uchun EENA va DJI kompaniyalari Yevropa bo‘ylab uchiruvchi-boshqaruvchilar yig‘adi.

Sinov tajribalari

Dastur ishtirokchilari DJI kompaniyasining uchuvchisiz qurilmalarini favqulodda holatlarda boshqarishni o‘rganishadi. Sinov tajribalari Daniya va Irlandiyada o‘tkaziladi. Dronlar yong‘in bo‘layotgan, avariya ro‘y bergan joylarda odamlarni qutqarishda qatnashadi.

EENA tajribalarida qatnashgan mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab hamkasblariga o‘rgatishi rejalashtirilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!