“Dunyoning eng boy kishisi” qanday boyigan?

“Dunyoning eng boy kishisi” qanday boyigan?

Elektron tijorat sohasi rivojlangani sayin odamlar nafaqat mahalliy, balki xorij bozorlaridan ham mahsulot xarid qilishga o‘rganib qoldilar. Amazon internet-do‘koni sayyoramizning ulkan bozori. Kompaniya shu yilning fevralida taqdim qilgan hisobotga ko‘ra, Amazon 2017 yilning so‘nggi choragida 2 mlrd dollar sof foyda ko‘rgan. Bu onlayn-riteyler tarixidagi rekord.

Onlayn bozorning hayotimizdagi ahamiyati

Jahonning eng boy kishisi bo‘lgan Jeff Bezosga qarashli Amazon kassir va sotuvchiga ega bo‘lmagan birinchi supermarket bo‘ldi. 1994 yilda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan kompaniya  kapital miqdoriga ko‘ra Apple kompaniyasidan keyinga hamda  Google'ning egasi bo‘lgan Alphabet kabi qudratli korporatsiyadan oldinda turadi.

Jeff Bezosning hisobidagi mablag‘ ayni paytda 132 mlrd dollarni tashkil qiladi. Mazkur muvaffaqiyatning bosh sababi Amazon'ning chakana mahsulotlarni yetkazib beruvchi birinchi raqamli onlayn do‘konga aylangani bilan bog‘liq.

Garchi, jahonda do‘konga borib o‘ziga ma’qul mahsulotni xarid qilishni istaganlar soni ko‘p bo‘lsa ham, Amazon kabi virtual bozorlarning daromadi tobora oshib bormoqda.

 Misol uchun, AQSh da 2017 yilda onlayn savdo uchun to‘langan har bir dollarning 44 senti Amazon uchun to‘langan.

Amazon an’anaviy do‘konlarni ham xarid qilmoqda. 2017 yilda kompaniya Whole Foods do‘konlar tarmog‘ini 13,7 mlrd dollarga xarid qilgan.

Amazon'ning AQSh dan tashqaridagi faoliyati

Germaniya

Bu davlat Amazon uchun AQSh dan keyingi ikkinchi yirik bozor. Germaniyalik onlayn xarid foydalanuvchilari sarf qilayotgan 25 foiz mablag‘ Amazon'ning "cho‘ntagi"ga tushadi.  2014 va 2016 yillar davomida kompaniya bu mamlakatda sotadigan mahsulotlari nomini ikki barobarga ko‘paytirishga erishdi.

Buyuk Britaniya

2017 yilda, umuman so‘nggi yillarda har yili Amazon do‘konining Britaniyadagi foydasi 19% ga oshmoqda va 11,4 mlrd dollarga yetgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, birorta virtual do‘kon bu yerda Amazon kabi ko‘p va xo‘p ishlay olmaydi.

Yaponiya

Kompaniya xizmat ko‘rsatadigan yirik do‘konlardan biri Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakat kompaniya yakkahokimlik o‘rnata olmagan yagona hudud. Garchi, Amazon  Rakuten kabi yirik elektron platformaga ega bo‘lsa ham, Yaponiya elektron tijorat bozoridani uning ulushi 20,2% ni tashkil qiladi.

Xitoy

Xitoy jahonning elektron tijorat bo‘yicha eng yirik bozori bo‘lib, ehtiyoj muntazam o‘sib bormoqda. Amazon uchun bu bozorda raqib juda ko‘p. Amerikalik bu yerdagi yillik elektron savdoning bor-yo‘g‘i 1% iga egalik qiladi. Misol uchun, Xitoyning Alibaba (56,7%) va JD (27,2%) kompaniyalari bilan taqqoslaganda, bu bozor Amazon uchun qo‘ldan boy berilgan.

Hindiston

Amazon Hindistonda o‘zining ilk savdo platformasini 2013 yilda ishga tushirgan. Hindiston internet foydalanuvchilari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda tursa ham, bu yerda elektron tijorat u qadar rivojlanmagan. Faqat 14% hindistonlik internet foydalanuvchilari muntazam elektron savdolarni amalga oshiradilar. Xitoyda esa bu ko‘rsatkich 6 barobar yuqori.

Amazon 2016 yilda bu yerdagi Flikpart elektron savdo do‘konini xarid qiladi. Bu do‘konning elektron tijorat uchun sarf qilinayotgan mablag‘lar uchun ulushi 32% ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda Amazon'ning ulushi 31,1% ga yetgan.

Afrika

Amazon hozircha bu qit’aga kirib kelgani yo‘q. Kompaniya ayni paytda JAR da ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash xizmatlarini ko‘rsatadi. Afrikaliklar mahsulotlarni Amazon'dan xorijiy portallar orqali olishlari mumkin. Afrikadagi yirik Jumia onlayn do‘koni 2012 yilda tashkil qilingan va 14 ta Afrika mamlakatida faoliyatini tashkil qilgan. 2016 bu kompaniya 1 mlrd AQSh dollariga baholangan Afrikadagi ilk kompaniya bo‘ldi.

Ekspertlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib Afrika mintaqasidagi onlayn savdo aylanmasi 75 mlrd dollarga yetadi. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 2016 yildayoq 650 mlrd dollarga yetgan.

Braziliya

Amazon Lotin Amerikasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017 yilgacha kompaniya bu yerda kitob va elektronika sotgan bo‘lsa,  shu yilning martidan boshlab kompaniya Braziliyada mahsulotlar sonini ko‘paytirishga kirishgan. 2016 yilda braziliyaliklar bu kompaniyadan 200 mln dollarlik mahsulot xarid qilishgan. Elektron tijorat qiymati bu yerda 13,4 mlrd dollarga baholangan.

Amazon muvaffaqiyati raqamlarda (dollarda):

2017 yildagi foyda miqdori:

177,9 mlrd dollar.

2018 yilning 20 marti holatida kompaniyaning jahon elektron bozoridagi ulushi:

768 mlrd dollar.

Elektron tijorat uchun AQSh da sarf qilinayotgan har bir dollardagi Amazon ulushi:

44 sent.

Kompaniya 2010 yilda jahonning eng boy 100 ta kompaniyalari ro‘yxatida 98-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2018 yilning 20 martida Amazon dunyoning 2-raqamli eng qimmat kompaniyasi deb topilgan va undan oldinda Apple korporatsiyasi turibdi.

Kompaniya bu nufuzga qanday erishdi? Jeff Bezosning strategiyasi shunday: kompaniya yirik bozorlarga yoki kichik bozorlarga kirib boradi va bu yerdagi ayni paytda yetakchi bo‘lgan elektron platformasini sotib oladi va uni o‘zining platformasi bilan ulab qo‘yadi.

Tanqidiy fikrlar

Ko‘pchilikning, jumladan AQSh prezidenti Donald Trampning fikriga ko‘ra, bu kabi bozorlarning rivojlanishi hamda an’anaviy savdo do‘konlarining yo‘qolishi ko‘plab ishsizlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.