Eng ommabop 10 smartfon (2-hafta)

Eng ommabop 10 smartfon (2-hafta)

2020-yilning ikkinchi haftasida chartimizga ilk bor Samsung Lite smartfonlari qo‘shildi.

Galaxy A51'dan oldingi ilk o‘rinda har galgidek Redmi Note 8 Pro turgan bo‘lsa, Samsung'ning S10 Lite'i top uchtalikka nuqta qo‘ydi.

Xiaomi Redmi Note 8'ga to‘rtinchi o‘rin tegdi, navbatdagi Lite — Galaxy Note 10 Lite esa beshinchida.

Oltinchi pog‘onani Sony Xperia 5 Plus band qilib turibdi. Odatda, yaponlarning smartfonlari kamdan-kam hollarda ro‘yxatimizda ko‘rinish beradi, biroq hali taqdim qilinmagan ushbu qurilma bu qora an’anaga ma’lum darajada chek qo‘ydi hisob.

Texnik jihatlari yuqori bo‘lishiga qaramay, Xiaomi Mi 10 Pro bir pog‘ona pastlab, yettinchi o‘rin bilan cheklandi.

Undan keyingi sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarda mos ravishda Samsung Galaxy A71, Samsung Galaxy A50 va Apple iPhone 11 Pro Max'lar turibdi.

Oppo Reno3 Pro, Realme X50 5G va Samsung Galaxy A70'lar bilan esa xayrlashdik. Shunday qilib, bu galgi o‘ntaligimizdan Samsung'ning beshta, Xiaomi'ning uchta, Apple va Sony'larning bittadan vakili o‘rin egalladi.

Xiaomi Redmi Note 8 Pro
Hozirgi reytingi: 1/O‘tgan haftadagi reytingi: 1
Samsung Galaxy A51
Hozirgi reytingi: 2/O‘tgan haftadagi reytingi: 2
Samsung Galaxy S10 Lite
Hozirgi reytingi: 3/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Redmi Note 8
Hozirgi reytingi: 4/O‘tgan haftadagi reytingi: 3
Samsung Galaxy Note 10 Lite
Hozirgi reytingi: 5/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Sony Xperia 5 Plus
Hozirgi reytingi: 6/O‘tgan haftadagi reytingi: Top o‘ntalikka kirmagan
Xiaomi Mi Note 10 Pro
Hozirgi reytingi: 7/O‘tgan haftadagi reytingi: 6
Samsung Galaxy A71
Hozirgi reytingi: 8/O‘tgan haftadagi reytingi: 5
Samsung Galaxy A50
Hozirgi reytingi: 9/O‘tgan haftadagi reytingi: 7
Apple iPhone 11 Pro Max
Hozirgi reytingi: 10/O‘tgan haftadagi reytingi: 8

Barcha tasvir va renderlar GSMArena.com saytidan olindi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (1-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!