Galaxy J3 yangi talqinda, “kuchayib” sotuvga chiqadi

Galaxy J3 yangi talqinda, “kuchayib” sotuvga chiqadi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi android smartfonlar orasida arzonligi bilan tanilgan “Galaxy J” oilasiga kiruvchi smartfon modellarini zamonaviy jihatlar bilan boyitib, bozorga qayta chiqarmoqda. Jumladan, bir fursat avval turkumning eng kichik talqini Galaxy J3 yangilangan talqinda kommunikatsiya ma’muriyatining kommissiyasidan guvohnoma olgani ma’lum bo‘ldi.

Smartfon 5 dyuymli HD-displey (1280 x 720 pikselli), 2400 mA soat akkumulyator, 12 megapikselli bosh, 5 Mp old kameraga ega bo‘ladi. Kameralarning avvalgi smartfon modullaridan sezilarli darajada yaxshilangani aytilmoqda. Galaxy J3 (2016) 8 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kameraga ega edi. Shuningdek, uning Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlashi ham ahamiyatli jihat.

Galaxy J3 (2016)

Galaxy J3 (2017) 2016 yilda taqdim qilingan, 4G LTE aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan 4 yadroli Exynos 7570 protsessorida ishlaydi. Uning platformasi uchun 2 GB tezkor hamda 16 GB doimiy xotira tanlangan. Devaysda microSD xotira bo‘lmachasi ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 10 may holatida Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasida Galaxy J3’ning avvalgi — 2016 yilgi talqini 965 ming so‘mdan sotilmoqda.