Galaxy S FE seriyasini ishlab chiqarish to'xtatilmagan va yangi smartfon tez orada chiqariladi!

Galaxy S FE seriyasini ishlab chiqarish to'xtatilmagan va yangi smartfon tez orada chiqariladi!

Samsung ilk bor o'zining Galaxy S20 FE smartonini chiqarganida u juda katta muvaffaqiyatga erishgan edi, lekin S21 FE sotuvlari unchalik omadli bo'lmadi. O'tgan yil oktabrida esa Samsung Galaxy S22 FE taqdim qilinishi kutilayotgan edi, ammo yarimo'tkazgichlar taqchilligi va butun dunyo bo'ylab smartfon bozorining yomonlashuvi sabab u dunyo yuzini ko'rmadi. Natijada Galaxy S FE seriyasi ortiq chiqarilmasligi haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Biroq, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra Samsung tez orada yangi Fan Edition smartfonini chiqaradi.

Janubiy Koreyadan Hankooki nashrining xabar berishicha, Samsung kompaniyasi 2023-yilning ikkinchi yarmida Galaxy S Fan Edition smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Ma'lum bo'lishicha, bu Galaxy S23 FE smartfoni bo'lib, u Galaxy A74 o'rniga chiqariladi. Qolaversa, yangi Galaxy S FE hozirgi Galaxy S21 FE dan ko'ra ko'proq mamlakalatlarga tarqatiladi.

Galaxy S Fan Edition smartfoni Galaxy S seriyasidan biroz pastroq, lekin o'rtacha bo'lmagan model bo'lib, ushbu liniyadagi ilk smartfon 2020-yilning oktabrida chiqarilgan.

Galaxy A74 modeliga keladigan uni chiqarmaslikka qaror qilinganligi aytilmoqda. Ehtimol, ular ortiq ishlab chiqarilmasligi ham mumkin. Bunga ushbu model sotuvlarining kamayishi asosiy sabab qilib ko'rsatiladi. 

Galaxy S23 FE smartfoni avgust yoki sentabrda chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: 240 Vt tezlikda quvvatlanadigan smartfon global bozorga qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!