Galaxy S8 mini mavjudligini Samsung rad etdi
Janubiy koreyalik gigant o‘z
flagman smartfonining ixcham varianti – Galaxy S8 mini modelini chiqarishi haqida yaqindagina
xabarlar tarqalgandi.
Endi esa, Samsung vakillarining ta’kidlashicha, bu gaplar yolg‘on ekan, deb yozadi
ferra.ru.
Twitter’da Mmddj_china nikli foydalanuvchining yozishicha, Samsung
muhandislari Galaxy S8 mini degan modelning umuman ko‘zda tutilmaganini aytishgan,
deyiladi xabarda.
Avvalroq tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, flagmanning ixcham versiyasi tomonlar nisbati 18:9 ga teng bo‘lgan 5,3 dyuymli ekranga va kamroq sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, Samsung Galaxy S8 mini «yuragi» ham bundayroq – Qualcomm Snapdragon 821 chipi bo‘lishi, tezkor xotirasi 4 GB, ichki flesh-xotirasi esa 32 GB bo‘lishi xabar qilingan edi.
Ishqilib, to rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinguniga qadar bu borada turli
gap-so‘zlar tarqalaversa kerak. Nima bo‘lganda ham, ulardan birinchilar qatorida xabar topish uchun bizdan uzoqlashmang.