Galaxy S9 va S9+ barchaga kerakli bir funksiya bilan yanada kuchaytirildi

  •   DiMaX
  •  1857
  •  31.05.2018 17:48

Galaxy S9 va S9+ barchaga kerakli bir funksiya bilan yanada kuchaytirildi

Samsung kompaniyasi o‘zining flagman smartfonlari – Galaxy S9 va Galaxy S9+ modellari uchun yangi apdeyt chiqardi. Ushbu yangilanish bilan bu modellarga muhim bir funksiya ham qo‘shildi, deya xabar berilgan Reddit ijtimoiy yangiliklar saytida.

O‘QING: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Taqdim etilgan apdeytlar smartfon modeliga bog‘liq holda G960FXXU1BRE5 yoki G965FXXU1BRE3 raqamiga ega. Mazkur yangilanishlar «havo orqali» kelib, qurilmaga o‘rnatib olingach, uning interfeysida o‘zgarish ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, yangilangan Galaxy S9 va S9+ flagmanlarida ovozli qo‘ng‘iroqlar interfeysida suhbatlarni yozib olish tugmachasi paydo bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, ushbu funksiyaga ega apdeyt faqat telefon qo‘ng‘iroqlarini yozib olish taqiqlanmagan mamlakatlardagi foydalanuvchilar qurilmalari uchungina taqdim etilgan.

Qo‘ng‘iroqlarning ovozli yozuvlari smartfonning ichki xotirasida saqlanadi va ularni pleyerda tinglash mumkin bo‘ladi. Bu imkoniyat ko‘pchilik smartfon egalarini xursand qilishi tabiiy.

O‘QING: Android-qurilmada telefon suhbatini qanday yozib olsa bo‘ladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!