Geekbench listingi Xiaomi Mi Note 10 va Mi CC9 Pro'lar aslida bitta smartfon ekanligini tasdiqladi

Geekbench listingi Xiaomi Mi Note 10 va Mi CC9 Pro'lar aslida bitta smartfon ekanligini tasdiqladi

Xiaomi 5 noyabr kuni Mi CC9 Pro smartfonini taqdim qilishga shay turibdi. Taqdimotdan kun o‘tib esa Mi Note 10 taqdim qilinadi. 

Besh kamera moduliga ega Mi CC9 Pro va Mi Note 10'larning asosiy kamerasi 108 megapikselli bo‘ladi. 

Mi Note 10 Mi CC9 Pro'ning global bozor uchun ribrend talqini ekanligi taxmin qilinayotgan edi va Slashleaks saytining xabar berishicha, Geekbench listingida bu ma’lumot tasdiqlandi. Benchmark har ikki devaysning texnik jihatlari bir xil ekanligini ko‘rsatib berdi. Biroq Note 10 6GB tezkor xotirada ishlasa, xitoycha talqinda operativ xotira 8GB bo‘ladi. Lekin TENAA listingida ko‘rsatilishicha, CC9 Pro ikki xil: 6 va 12GB lik versiyada chiqariladi.

TENAA ochiqlagan boshqa jihatlar qatoriga (Snapdragon 730G deya taxmin qilinayotgan) 2.2GHz'li sakkiz yadrodan iborat protsessor, 6.47 dyuymli Full HD+ OLED displey paneli, ekranosti barmoq izi skaneri va 32 megapikselli selfi kameralar kiradi.

Qurilmaning doimiy xotira sig‘imi uch xil hajmda: 64GB, 128GB va 256GB bo‘ladi. 5 260 mA/soatli akkumulyator esa 30 vattda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Xiaomi Mi CC9 Pro "tomchi" kamerali bo‘ladi (+video)